Shri-Lankada namoyishchilar prezident qarorgohini egallab oldi

© AFP 2023 / -Protestuyushie zaxvatili rezidensiyu prezidenta Shri-Lanki.
Protestuyushie zaxvatili rezidensiyu prezidenta Shri-Lanki. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.07.2022
Obuna bo‘lish
Shri-Lankada namoyishchilar prezident qarorgohini egallab oldi.
TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Shri-Lankada namoyishchilar prezident Gotabay Rajapaksa qarorgohini egallab oldi, deb xabar berdi mahalliy OAVlari.
Olomon prezident qarorgohi oldidagi panjaradan oshib o‘tib, hududni egallab oldi.
Kolombodagi Milliy gospitaldagi manbalarga tayangan holda Ada Derana xabariga ko‘ra, tartibsizliklar paytida kamida 30 kishi jarohatlandi.
Bosh vazir Ranil Vikremesinge partiya yetakchilarining favqulodda yig‘ilishini chaqirdi. Shu bilan birga, bir guruh deputatlar prezidentni iste’foga chiqishga chaqirishdi.
Shri-Lankadagi siyosiy faollar avvalroq iqtisodiy inqiroz oqibatlari tufayli poytaxt Kolomboda hukumatga qarshi marsh o‘tkazishga chaqirgan edi. Kolombo sudi politsiyaning 8 va 9-iyul kunlari prezident qarorgohi yaqinida norozilik namoyishlarini taqiqlash haqidagi iltimosini rad etdi, biroq xavfsizlik kuchlari har qanday noqonuniy xatti-harakatlar sodir etilgan taqdirda zarur choralarni ko‘rish vakolatiga ega ekanligini ta’kidladi.
Shri-Lanka 1948-yilda mustaqillikka erishganidan beri eng yomon iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda. Mamlakatda oziq-ovqat, asosiy ehtiyojlar, dori-darmon, gaz yetishmaydi. Koronavirus pandemiyasi asosiy valyuta manbai bo‘lgan turizm sektoriga ta’sir qilib, hukumat yetarli miqdorda yoqilg‘i xarid qila olmadi. Shu bilan birga, orol davlatining tashqi qarzi 51 mlrd $ga baholanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0