https://oz.sputniknews.uz/20220708/qoraqalpogistonda-xalqni-mitingga-chorlagan-shaxs-qamoqqa-olindi-26020492.html
Qoraqalpog‘istonda xalqni mitingga chorlagan shaxslar qamoqqa olindi
Qoraqalpog‘istonda xalqni mitingga chorlagan shaxslar qamoqqa olindi
Sputnik O‘zbekiston
Dauletmurat Tajimuratov qamoqqa olindi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi (Konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish) bilan jinoyat ishi... 08.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-08T12:37+0500
2022-07-08T12:37+0500
2022-07-08T12:51+0500
jamiyat
qoraqalpog‘iston
nukus
dauletmurat tajimuratov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/08/26020305_0:0:1280:720_1920x0_80_0_0_514300b3b1a419295b43bd8ccd4d2161.jpg
TOShKENT, 8-iyul – Sputnik. Qoraqalpog‘istonda xalqni noqonuniy mitingga chorlab, Konstitutsiyaviy tuzumga tajovuzda ayblangan jurnalist Dauletmurat Tajimuratov qamoqqa olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘istonda sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar yuzasidan 2-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi (Konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha Bosh prokuratura tomonidan dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.Shakllantirilgan Bosh prokuratura tergov guruhi zimmasiga yuz bergan hodisalarning barcha holatlarini aniqlash, tergov harakatlarini xolisona hamda qonunchilikka qat’iy rioya etgan holda o‘tkazish vazifasi yuklatilgan.Tergov harakatlari davomida jinoyat ishi bo‘yicha Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasi tartibida 14 kishi ushlangan.Ta’kidlanishicha, tergovga jalb etilgan fuqarolarning sha’ni va qadr - qimmati hurmat qilinishi, qiynoq, zo‘ravonlik, shafqatsiz yoki inson sha’ni va qadr - qimmatini kamsituvchi harakatlarga yo‘l qo‘yilmasligi qat’iy nazoratga olingan.Gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarga himoya huquqi to‘la ta’minlangan holda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, saqlash joylarida qonunda nazarda tutilgan barcha sharoitlar ta’minlangan. Sog‘lig‘i va saqlash sharoitlari bo‘yicha e’tirozlari mavjud emas.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/08/26020305_160:0:1120:720_1920x0_80_0_0_b59c8ce3eebde9ca6ade369e5c043b7a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, qoraqalpog‘iston, nukus, dauletmurat tajimuratov
jamiyat, qoraqalpog‘iston, nukus, dauletmurat tajimuratov
Qoraqalpog‘istonda xalqni mitingga chorlagan shaxslar qamoqqa olindi
12:37 08.07.2022 (yangilandi: 12:51 08.07.2022) Dauletmurat Tajimuratov qamoqqa olindi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi (Konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
TOShKENT, 8-iyul – Sputnik. Qoraqalpog‘istonda xalqni noqonuniy mitingga chorlab, Konstitutsiyaviy tuzumga tajovuzda ayblangan jurnalist Dauletmurat Tajimuratov qamoqqa olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati
xabar berdi. Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘istonda sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar yuzasidan 2-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi (Konstitutsiyaviy tuzumga tajovuz qilish) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha Bosh prokuratura tomonidan dastlabki tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Shakllantirilgan Bosh prokuratura tergov guruhi zimmasiga yuz bergan hodisalarning barcha holatlarini aniqlash, tergov harakatlarini xolisona hamda qonunchilikka qat’iy rioya etgan holda o‘tkazish vazifasi yuklatilgan.
Tergov harakatlari davomida jinoyat ishi bo‘yicha Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasi tartibida 14 kishi ushlangan.
“Shu jumladan, Tajimuratov D.M. va Turdanov A.T.larga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ayblov e’lon qilindi. Ularga nisbatan sudning qarori bilan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Qallixanova L.O.ning harakatlarida jamoat xavfsizligiga tajovuz qilish jinoyati alomatlari aniqlandi. U jinoyat ishi bo‘yicha gumonlanuvchi sifatida jalb qilinib, protsessual tartibda ushlandi”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, tergovga jalb etilgan fuqarolarning sha’ni va qadr - qimmati hurmat qilinishi, qiynoq, zo‘ravonlik, shafqatsiz yoki inson sha’ni va qadr - qimmatini kamsituvchi harakatlarga yo‘l qo‘yilmasligi qat’iy nazoratga olingan.
Gumon qilinuvchi va ayblanuvchilarga himoya huquqi to‘la ta’minlangan holda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, saqlash joylarida qonunda nazarda tutilgan barcha sharoitlar ta’minlangan. Sog‘lig‘i va saqlash sharoitlari bo‘yicha e’tirozlari mavjud emas.