https://oz.sputniknews.uz/20220708/oz-ishimizni-qayta-korib-chiqishimiz-lozim--narbaeva-nukus-voqealari-haqida-26015360.html
O‘z ishimizni qayta ko‘rib chiqishimiz lozim – Narbayeva Nukus voqealari haqida
O‘z ishimizni qayta ko‘rib chiqishimiz lozim – Narbayeva Nukus voqealari haqida
Sputnik O‘zbekiston
Tanzila Narbayeva Qoraqalpog‘istondagi voqealarda qurbon bo‘lganlarning oila-a’zolariga hamdardlik bildirdi. 08.07.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-07-08T14:28+0500
2022-07-08T14:28+0500
2022-07-08T14:28+0500
jamiyat
qoraqalpog‘iston
nukus
tanzila norboyeva
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/08/26015208_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_15ac4e98dd79ffa868670d7ff47847aa.jpg
TOShKENT, 8-iyul – Sputnik. Bugun, 8-iyul kuni, Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma sakkizinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Yalpi majlis avvalida Senat raisi Tanzila Narbayeva Qoraqalpog‘istondagi holatlarga munosabat bildirdi.Senat raisi nutqi davomida prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda davlat rahbari ham bu masalaga alohida e’tibor qaratganini qayd etdi.“Kuni kecha prezidentimiz huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari ham bu masalaga alohida e’tibor qaratdi. Avvalo bu voqealar barcha masalalar xalq bilan hamnafas tarzda va o‘z vaqtida yechilishiga barcha davlat organlari va idoralarining kuchi va resurlarini jalb qilish zarurligini ko‘rsatmoqda. Shuningdek, aholi tomonidan ko‘tarilayotgan muammo va masalaning katta va kichigi bo‘lmaydi. Ularning har birini yechimi muhimdir. Har qanday kichik deb qaralgan masala o‘z yechimini topmagan taqdirda, albatta bir kuni katta muammoga aylanadi. Xalq vakillari sifatida bunday holatga yo‘l qo‘yilmasligi uchun birinchi navbatda biz mas’ulmiz! Muxtasar qilib aytganda, o‘z ishimizni tanqidiy qayta ko‘rib chiqishimiz lozim bo‘ladi”, deya ta’kidladi u.Tanzila Narbayeva Qoraqalpog‘istondagi voqealarda qurbon bo‘lganlarning oila-a’zolariga hamdardlik bildirdi.“Fursatdan foydalanib, Qoraqalpog‘istondagi voqealarda qurbon bo‘lgan hamurtlarimizning oila a’zolari va yaqinlariga o‘zim hamda senatorlarimiz nomidan hamdardlik bildiraman va sabr tilayman, shifoxonalarda davolanayotgan fuqarorlarimizga esa tezroq sog‘ayib ketishlarini tilaymiz. Yurtimiz doim tinch va osoyishta, xalqimiz farovon bo‘lsin!", dedi Senat raisi,
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/07/08/26015208_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_d215d68523b65e3148a1311957c2b5ad.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, qoraqalpog‘iston, nukus, tanzila norboyeva
jamiyat, qoraqalpog‘iston, nukus, tanzila norboyeva
O‘z ishimizni qayta ko‘rib chiqishimiz lozim – Narbayeva Nukus voqealari haqida
Tanzila Narbayeva Qoraqalpog‘istondagi voqealarda qurbon bo‘lganlarning oila-a’zolariga hamdardlik bildirdi.
TOShKENT, 8-iyul – Sputnik. Bugun, 8-iyul kuni, Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma sakkizinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi. Yalpi majlis avvalida Senat raisi Tanzila Narbayeva Qoraqalpog‘istondagi holatlarga munosabat
bildirdi. “Qoraqalpog‘istonda ayrim nohush xodisalar sodir bo‘lganidan ham barchangizning xabaringiz bor. Ayrim kuchlarning qanchalik xarakat qilishiga qaramasdan bo‘lib o‘tgan bu hodisalar hech qachon xalqimizning birdamligiga rahna sola olmasligiga guvohi bo‘ldik.
Shu bilan birga sodir bo‘lgan bu holatda hammamiz o‘zimizga to‘g‘ri xulosa chiqarishimiz va o‘z ishimizni qayta ko‘rib chiqishimiz lozim bo‘ladi”, - deydi Narbayeva.
Senat raisi nutqi davomida prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda davlat rahbari ham bu masalaga alohida e’tibor qaratganini qayd etdi.
“Kuni kecha prezidentimiz huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari ham bu masalaga alohida e’tibor qaratdi. Avvalo bu voqealar barcha masalalar xalq bilan hamnafas tarzda va o‘z vaqtida yechilishiga barcha davlat organlari va idoralarining kuchi va resurlarini jalb qilish zarurligini ko‘rsatmoqda.
Shuningdek, aholi tomonidan ko‘tarilayotgan muammo va masalaning katta va kichigi bo‘lmaydi. Ularning har birini yechimi muhimdir. Har qanday kichik deb qaralgan masala o‘z yechimini topmagan taqdirda, albatta bir kuni katta muammoga aylanadi. Xalq vakillari sifatida bunday holatga yo‘l qo‘yilmasligi uchun birinchi navbatda biz mas’ulmiz! Muxtasar qilib aytganda, o‘z ishimizni tanqidiy qayta ko‘rib chiqishimiz lozim bo‘ladi”, deya ta’kidladi u.
Tanzila Narbayeva Qoraqalpog‘istondagi voqealarda qurbon bo‘lganlarning oila-a’zolariga hamdardlik bildirdi.
“Fursatdan foydalanib, Qoraqalpog‘istondagi voqealarda qurbon bo‘lgan hamurtlarimizning oila a’zolari va yaqinlariga o‘zim hamda senatorlarimiz nomidan hamdardlik bildiraman va sabr tilayman, shifoxonalarda davolanayotgan fuqarorlarimizga esa tezroq sog‘ayib ketishlarini tilaymiz. Yurtimiz doim tinch va osoyishta, xalqimiz farovon bo‘lsin!", dedi Senat raisi,