Nega G‘arb Ukrainada NATO qurollarining qora bozorini to‘satdan "sezib" qoldi?

© Sputnik / Konstantin Mihalchevskiy / Mediabankka o‘tishOrujie inostrannogo proizvodstva, naydennoe v podvalax kombinata "Azovstal" v Mariupole
Orujie inostrannogo proizvodstva, naydennoe v podvalax kombinata Azovstal v Mariupole - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2022
Obuna bo‘lish
Ukrainada NATO qurollarini pullashayotganini fosh etuvchi xabarlar seriyasi- to‘satdan G‘arbning “ko‘zlari ochilgan”i emas, balki Kiyevga harbiy yordamni asta-sekin to‘xtatish uchun qulay bahonasidir.
NATO mamlakatlari Rossiya maxsus operatsiyasi davomida sanksiyalarning samarasizligi va lend-lizning kelajigi yo‘qligiga ishonch hosil qildi.
G‘arbning Kiyev rejimiga ko‘rsatgan saxiyligi aslida aniq maqsadlarni ko‘zlagan - Rossiyani “so‘nggi ukrain qolgunicha” davom etadigan jangda zaiflashtirish. Agar harbiy harakatlar bu maqsadga erishmayotgan, Rossiya Federatsiyasi harbiy qudrati va muvaffaqiyatini namoyish etib, Ukrainaning katta hududlarini nazorat qilayotgan ekan, demak milliard dollarlar va yevrolar havoga uchib ketapti. AQSh va NATO esa bunday xayr-sahovat ishlari bilan shug‘ullanmaydi. Sheriklarning lend-liz va Ukraina Qurollari Kuchlarini moliyalashtirishni qisqartirishi muqarrar. Bu uchun bahona esa doim bor.
Bolgariya Bulgarian Military sayti 5-iyul kuni poraxo‘r ukrain harbiy xizmatchilarining Rossiya tomonga ikkita 155-mm o‘ziyurar fransuz CAESAR gaubitsalarini 240 ming dollarga sotgani haqida xabar berdi. Texnikalarning asl narxi esa 14 million AQSh dollarida. Javelin butun kompleksi taxminan qariyb 470 ming dollar turadi.
Shūkan Gendai nashri Yaponiya iqtiqodiyot razvedkasi sobiq rahbarining ogohlantirishini e’lon qildi: “Hozir Amerika va G‘arb qurol yetkazib berayotgan Ukraina aslida Sovet Ittifoqi parchalangandan keyin tarixan qurollarni noqonuniy sotish markazi bo‘lgan”, va bugun ham Kiyevga yetkazilayotgan NATO qurollari Ukrainadagi tamomila boshboshdoqlik va poraxo‘rlik sabab “qora” oqimlar bilan butun dunyoga tarqalyapti, jinoyatchilar, terroristlar qo‘liga tushapti. Bu yerda so‘z nazoratsiz qolgan minglab Stinger- ko‘chma zenit raketa komplekslari, Javelin va NLAW - tankka qarshi raketa tizimlari, yuzlab Switchblade va Phoenix Ghost- uchuvchisiz apparatlari va yana ko‘plab yuqori texnologiyali, kompakt va o‘ta xavfli qurollar haqida ketmoqda.
The Washington Post gazetasi xabar bermoqda: “Ukrainaga keng miqyosda qurol yetkazilishi qurol kontrabandasining kelib chiqishi xavfini yuzaga keltirmoqda”. G‘arbnikimi, farqi yo‘q qayerniki, Ukrainada har qanday qurol tez-tez “yo‘qolmoqda” va Osiyo, Afrika mamlakatlariga sotilmoqda. Fransuz harbiy rahbarlaridan biri Ukrainani g‘arb qurollari bilan to‘yintirishning “teskari ta’siri”ni shunday prognoz qildi: “Javelin lar bilan bank o‘marishganda hech narsa ko‘nglimizga sig‘may qoladi”.

Interpol Boltiqda urush boshlanishini prognoz qilmoqda

Ukrainaning “ortiqcha” qurol va o‘q-dorilarni Osiyo va Afrika mamlakatlariga demping orqali sotish tizimi 1990-yillarning boshlarida boshlangan. Ukraina Qurolli Kuchlari talon-taroj ishlarini yashirishda qilingan chala urinishlar bir nechta prezidentlik jamoalarining asosiy “noni” bo‘ldi. Va bu AQSh va NATO uchun sir bo‘lishi mumkin emas edi. Shunchaki, amerikaliklar va yevropaliklar o‘sha paytlarda bu kabi “xarajatlar”ga ko‘z yumgan.
Pentagon tahlilchisi Karen Kvatkovskining ta’kidlashicha, Kiyevning G‘arb qurollarini qora bozorga “qayta eksport qilishi” ni boshidanoq bilish mumkin edi, chunki Ukraina Qurolli Kuchlari katta hajmdagi NATO qurollarini foydalanishga, o‘z strategiyasiga birlashtirishga tayyor emas. Ukrainaning NATO standartidagi qurollarni qayta sotish holatlari 2015-2016 yiillarda Donbassdagi sakkiz yillik harbiy harakatlar davomida hujjatlashtirilgan.
Bugungi kunda Ukrainada yuzaga kelgan vaziyat katta hududdagi jangovar harakatlar ko‘lami, alohida logistika liniyalariga ega bo‘lgan ko‘p sonli turli xil harbiy tuzilmalar tufayli tashqi nazorat ostida emas. Urush hammasini hisobdan chiqaradi. Jangda qancha qurol ishlatilgan yoki yo‘qolgan va qanchasi “ortiqchalik qilib” sotilgan - aniqlash mumkin emas. Kiyev uchun lend- liz - ochil dasturxon. Ukraina Xavfsizlik xizmati tergovi zamonaviy G‘arb qurollarini shu jumladan GUR kanallari orqali sotishning bir nechta epizodlariga tegishli. Ukrainada qayta sotish ishlari bo‘yicha ochilgan o‘nta jinoiy ish tizimni o‘zgartirmaydi.
Interpolning ta’kidlashicha: “Ukrainadagi xorijlik yollanma harbiylarning orasida oshkora mafioz tashkilotlar a’zolari ham bor. Bu yuqori texnologiyali qurollarning butun dunyo bo‘ylab tarqalib ketishdek jiddiy xavf keltirib chiqaradi”. Tashkilot keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi oylarda Ukraina qora bozorida 300 mingga yaqin qurol sotilgan. Interpol bosh kotibi Yurgen Shtokning aytishicha, u Ukrainadagi mojaro fonida Boltiq mintaqasi hamda Afrika urush teatrlarida noqonuniy qurol aylanmasining kuchayishiga shubha qilmaydi.
AQSh lend-lizi va Ukrainaning nazoratsiz “temir oqimi” ta’siri ostida Yevropa kamorra kabi doimiy harbiy harakatlar zonasiga aylanishi mumkin. Xalqaro jinoiy klanlarning ta’sir doiralarini qurolli ravishda qayta taqsimlash, mafiyalarning Stinger va Javelin yordamida urushlari mumkin. Terrorchilik faoliyati sifat jihatidan yangi, transkontinental darajaga chiqishi mumkin.
NATO mamlakatlari Kiyev rejimi harbiy harakatlarini qo‘llab, qanday haqiqatga duch kelishganini hamon anglashmadi. G‘arbning be’mani aksilrossiya siyosati sabab, Ukraina dunyo xaritasidan o‘chishi mumkin. AQSh mudofaa vaziri sobiq maslahatchisi, polkovnik Duglas Makgregor hamkasblarini shunday ogohlantirmoqda. Va bu ham yagona tahdid emas.
Rossiyaning to‘rt oylik maxsus operatsiyasi davomida Ukraina Qurolli Kuchlarining deyarli barcha harbiy texnikalari yo‘q qilindi- minlab tanklar, bronetexnikalar, artilleriya vositalari, yuzlab RSZOlar, samoletlar va vertoletlar. Ukraina armiyasining taqdiri ham Ukraina davlatchiligining taqdirini aks ettiradi.
Eslatish joiz, Kiyevga SSSR dan meros sifatida 8000 ga yaqin tank, 10 mingta harbiy mashina, 20 mingta artilleriya, 1100ta harbiy samolet va 400 vertolet, Chernomor flotining yuzlab kemalari qolgan. Ushbu arsenalning katta qismini mustaqillikning 15-yillarida Osiyo va Afrika mamlakatlariga sotib yuborishgan. Ukraina mudofaa sanoati korxonalari qurib qolgan va hatto Sovet o‘qotar qurollari uchun patronlar ishlab chiqarishni ham o‘zlashtirmagan.
Keyinroq, Kiyevda mamlakat suverenitetini, so‘ngra Rossiyani arzonga sotishga urinib ko‘rishdi. 1991-yildagi kabi yaxshi qo‘shnichilikka qaytmaslikka yetib kelindi, AQSh va Yevropa bu kabi (halokatli) xatoga yo‘l qo‘ymaslik yaxshiroq.
Ukraina G‘arbdan yuqori texnologiyali og‘ir qurollarni so‘rayotganda hammaga tushunarliki, Ukraina Qurolli Kuchlarini ulardan foydalanishga tayyor emas. Va harbiy texnika bilan birgalikda NATO mutaxassislarini ham “yetkazib berish” darkor. Bu esa strategiyaning asosi, Kiyev rejimining omon qolish yo‘li va Shimoliy Atlantika alyansining “yashab qolishi”ning o‘ziga jiddiy tahdiddir. Ukrainaga yordam berish uchun boshlangan geosiyosiy o‘yin asta-sekin AQSh va NATOning Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va keng ko‘lamli harbiy harakatlariga aylanmoqda. Moskvaning “qaror-qabul qiluvchi markazlar”ga ehtimoliy zarba berish haqidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ogohlantirishi birinchi navbatda Vashington, Brussel, Berlin, Varshava va Londonga tegishli. Ikkinchi gipertovushli “Kinjal”ning qayerga uchib borishini keling taxmin qilmay qo‘ya qolaylik.
Yangiliklar lentasi
0