Mariupol aholisi Rossiyada reabilitatsiya qilinmoqda - video

Odinnadsat semey iz osvobojdennogo Mariupolya proxodat reabilitatsiyu podmoskovnom Solnechnogorske na baze sportivnogo kompleksa "Olimp".
Odinnadsat semey iz osvobojdennogo Mariupolya proxodat reabilitatsiyu podmoskovnom Solnechnogorske na baze sportivnogo kompleksa Olimp. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2022
Obuna bo‘lish
Ozod qilingan Mariupoldan o‘n bitta oila Moskva yaqinidagi Solnechnogorskda yashamoqda. Mehmonlar “Olimp” sport kompleksida qanday dam olishmoqda. Batafsil Sputnik reportajida
TOShKENT, 8-iyul - Sputnik, Sergey Leskov. Yaqinda ukraina millatchilaridan ozod qilingan Marupol shahrining bir necha oilasi Moskva viloyatida dam oishmoqda.

Omadimiz bor ekan, omon qoldik

Markaz mehmonlari intervyuda otishmalar va haftalab jon saqlashga majbur bo‘lgan zax yerto‘lalar haqida so‘ramaslikni iltimos qilishdi. Aytishlaricha, bunday xotiralar ko‘p. Ko‘pchilik yaqinlari, do‘stlaridan ayrilgan, uylari vayron bo‘lgan.
“Buni so‘z bilan tariflab bo‘lmaydi. Ukrain askarlari biz bilan juda shafqatsiz munosabatda bo‘lishdi. Rossiya va DXR harbiylari kelguniga qadar shunday bo‘ldi, keyin ancha vaziyat yaxshilandi”, - deydi mariupollik ayol Svetlana Belix Sputnik muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda.
Svetlana reabilitatsiya markaziga qizi bilan kelgan. Bu yerda erkaklar yo‘q, faqat ayollar va bolalar. Uning aytishicha,uning dastlab bu yerdagi tinchlikka ko‘nikishi qiyin kechgan. Va u suhbat paytida uchayotgan samoletni ko‘rsa jim bo‘lib qoladi. Aytishicha, u qo‘rquvdan haligacha xalos bo‘lmagan, bolalar esa bunday ovozni eshitishsa, yig‘lashni boshlashadi.
“Biz bilan ruxshunos ishlayapti, u bolalar, onalar uchun jamoaviy mashg‘ulotlar olib borapti. Bunday seanslardan keyin ancha yaxshi bo‘lamiz. Qo‘rquvlar, bezovtaliklar yo‘qoladi. Ayrimlar Mariupolga qaytib ketdi, hozir uni tiklash ishlarida qatnashishapti”, - deydi reabilitatsiya markazining yana bir mehmoni Anna Konstantinova
Odinnadsat semey iz osvobojdennogo Mariupolya proxodat reabilitatsiyu podmoskovnom Solnechnogorske na baze sportivnogo kompleksa "Olimp".
Odinnadsat semey iz osvobojdennogo Mariupolya proxodat reabilitatsiyu podmoskovnom Solnechnogorske na baze sportivnogo kompleksa Olimp. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2022
Odinnadsat semey iz osvobojdennogo Mariupolya proxodat reabilitatsiyu podmoskovnom Solnechnogorske na baze sportivnogo kompleksa "Olimp".

Xuddi o‘z odamlaridek qabul qilishdi

Markazga kelganlarning barchasi kechayu kunduz shifokorlar nazoratida. Dam oluvchilar (aholi ularni qochqin deb atamaslikni so‘rashdi) tibbiy xizmatlar orasida asosan tish shifokoriga murojaat qilishmoqda. Ko‘ngillilar va markaz ma’muriyati agar zarurat tug‘ilsa, jiddiy tibbiy yordam ko‘rsata oladi.
“Moskvada bir qizga qalqonsimon bez bo‘yicha jarrohlik amaliyoti o‘tashdi, yana bir qizning qulog‘ini operatsiya qilishdi. Va buning hammasini bepul bo‘ldi, shifokorlar yordam berishdi”, - deydi Anna Konstantinova.
Markazning bir xonasida bir nechta odam yashaydi. Har birida konditsioner, televizor bor. Har bir qavatda kir yuvish va dush xonalari, kichik oshxona mavjud. Garchi bu yerda ko‘p martalik ovqatlanish tartibi bo‘lsada, “Olimp” direktori, “Solnechnegorsk shahar GTO kompleksi” volonterlar markazi koordinatori Pavel Ignatenkoning aytishicha, alohida oshxona- “reabilitatsiya dasturining elementlaridan biri”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, taomlarning bir qismini mehmonlarning o‘zlari tayyorlashadi. Ko‘pchilik yashash muddati davomida ishga joylashadi va maosh oladi. Mahalliy kafelarda ishlaydi, sport zali va basseynda instruktorlarga ko‘maklashadi. Bularning barchasi mehmonlarning asta-sekin odatiy tinch hayot tarziga ko‘nikishlari uchun qilingan.
Odinnadsat semey iz osvobojdennogo Mariupolya proxodat reabilitatsiyu podmoskovnom Solnechnogorske na baze sportivnogo kompleksa "Olimp".
Odinnadsat semey iz osvobojdennogo Mariupolya proxodat reabilitatsiyu podmoskovnom Solnechnogorske na baze sportivnogo kompleksa Olimp. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2022
Odinnadsat semey iz osvobojdennogo Mariupolya proxodat reabilitatsiyu podmoskovnom Solnechnogorske na baze sportivnogo kompleksa "Olimp".
“Bu odamlarni birlashtirish uchun qilinadi, ular o‘z hayot tarzlarini yaratishadi. Chindan ham yaxshi samara beradi. Odam o‘zini mehmondek emas, balki o‘z uyidagidek his qiladi. Mehnat faoliyati ham reabilitatsiya dasturiga aynan shu sababli kiritilgan. Ko‘pchilikning nimanidir bepul olayotganidan o‘zini noqulay his qilayotgani sezdik”, - deydi Pavel Ignatenko.

Dam olishdan so‘ng- uyga, shaharni tiklashga

Xullas, bu yerda o‘yin-kulgular ham yetarli. Katta sport zali, basseyn dam oluvchilar ixtiyorida. Markazdan ikki qadam narida- Senej ko‘li. Va albatta, har kuni ekskursiyalar. Masalan, markaz mehmonlari Qizil Maydonda, sirkda, turli muzeylarga borishgan, Rossiya kunini nishonlashgan.
“Yaqindagina biz ibodatxonalar, monastirlarda bo‘ldik. Yana Vorobyeva tog‘lariga boramiz va suv tramvayida Moskva darosi bo‘ylab sayr qilamiz. Biz baxtlimiz. Bu yerda zerikishga qo‘yishmaydi”, - taassurotlarini so‘zlab berdi Oksana Yemelyanova.
Solnechnegorskda Mariupol aholisi uchun reabilitatsiya dasturi 30 kunga rejalashtirilgan. Dam oluvchilarning aytishicha, keyin ular ortga qaytishmoqchi, ish ko‘p, yana shaharni tiklash ham kerak.
Reabilitatsiya markazining Sputnik ga xabar berishicha, ayni paytda mariupollik mehmonlarning yangi uchinchi smenasiga tayyorgarlik boshlangan.
Odinnadsat semey iz osvobojdennogo Mariupolya proxodat reabilitatsiyu podmoskovnom Solnechnogorske na baze sportivnogo kompleksa "Olimp".
Odinnadsat semey iz osvobojdennogo Mariupolya proxodat reabilitatsiyu podmoskovnom Solnechnogorske na baze sportivnogo kompleksa Olimp. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.07.2022
Odinnadsat semey iz osvobojdennogo Mariupolya proxodat reabilitatsiyu podmoskovnom Solnechnogorske na baze sportivnogo kompleksa "Olimp".
Yangiliklar lentasi
0