https://oz.sputniknews.uz/20220630/qamoqdan-chiqqan-fuqarolarga-bir-martalik-yordam-puli-beriladi-25774728.html
Qamoqdan chiqqan fuqarolarga bir martalik yordam puli beriladi
Qamoqdan chiqqan fuqarolarga bir martalik yordam puli beriladi
Sputnik O‘zbekiston
Yordam puli har bir ko‘mak oluvchiga uning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish uchun tadbirkorlik, me’morchilik kabi yo‘nalishlardagi loyihalarini amalga oshirish uchun bir... 30.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-30T11:40+0500
2022-06-30T11:40+0500
2022-06-30T11:40+0500
jamiyat
prezident qarori
bir martalik yordam puli
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/651/48/6514860_0:0:1200:675_1920x0_80_0_0_5bbeb37f313e7a0e5861031e74ae2e9e.jpg
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarga 9 mln 200 ming so‘mdan yordam puli beriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning qarroi bilan tasdiqlangan nizomda belgilangan.Yordam pullari ushbu masalasini ko‘rib chiquvchi idoralararo doimiy komissiyalarning qarorlari asosida beriladi. Ko‘mak oluvchilar jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin 3 oy muddatda ishchi organga o‘z loyihasini ilova qilgan holda ariza taqdim etadi.Loyihani moliyalashtirish maqsadga muvofiqligi yuzasidan xulosani tayyorlash quyidagi mezonlarga asoslanadi:
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/651/48/6514860_150:0:1050:675_1920x0_80_0_0_fb94b12f4093dfbc3845d99f23426114.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, prezident qarori, bir martalik yordam puli
jamiyat, prezident qarori, bir martalik yordam puli
Qamoqdan chiqqan fuqarolarga bir martalik yordam puli beriladi
Yordam puli har bir ko‘mak oluvchiga uning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish uchun tadbirkorlik, me’morchilik kabi yo‘nalishlardagi loyihalarini amalga oshirish uchun bir marta beriladi.
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarga 9 mln 200 ming so‘mdan yordam puli beriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning qarroi bilan tasdiqlangan
nizomda belgilangan.
Yordam puli har bir ko‘mak oluvchiga uning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish uchun tadbirkorlik, me’morchilik, hunarmandchilik kabi yo‘nalishlardagi loyihalarini amalga oshirish uchun bir marta beriladi (mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 10 baravari miqdorida – 9 mln 200 ming so‘m).
Yordam pullari ushbu masalasini ko‘rib chiquvchi idoralararo doimiy komissiyalarning qarorlari asosida beriladi. Ko‘mak oluvchilar jazoni o‘tab bo‘lganidan keyin 3 oy muddatda ishchi organga o‘z loyihasini ilova qilgan holda ariza taqdim etadi.
Loyihani moliyalashtirish maqsadga muvofiqligi yuzasidan xulosani tayyorlash quyidagi mezonlarga asoslanadi:
boshlamoqchi bo‘lgan tadbirkorlik, me’morchilik yoki hunarmandchilik faoliyatining natijadorligi va daromadli ekanligi;
mahalla fuqarolar yig‘inining ijobiy tavsiyasi;
kam ta’minlangan yoki yolg‘izligi;
qaramog‘ida nogironligi bo‘lgan yoki voyaga yetmagan farzandi borligi;
ko‘p (4 va undan ortiq) farzandi borligi va moddiy ko‘makka muhtojligi;
noturar joylarda istiqomat qilayotganligi.