Toshkentda Rossiya ta’limi ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi

© RossotrudnichestvoPredstavitelstvo Rossotrudnichestva v Uzbekistane
Predstavitelstvo Rossotrudnichestva v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.06.2022
Obuna bo‘lish
Tadbir sentabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Unda Rossiyaning 50 ga yaqin universitetlari vakillari ishtirok etadi.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. “Rossotrudnichestvo” Federal agentligi O‘zbekiston uchun an’anaviy bo‘lgan Rossiya ta’limi ko‘rgazmasini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda agentlik rahbari o‘rinbosari Pavel Shevtsov Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bergan intervusida ma’lum qildi.
“Ko‘rgazma 21-24 sentabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Hozir ko‘rgazma maydoni masalasi ustida ishlayapmiz”, deydi Pavel Shevtsov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning 50 ga yaqin oliy o‘quv yurtlari o‘z ta’lim dasturlarini oflayn rejimda taqdim etish uchun ko‘rgazmada ishtirok etish niyatida.
Pavel Shevtsov “Tajriba shuni ko‘rsatadiki, shaxsiy muloqot eng samarali usul hisoblanadi” deya ta’kidlab, bugungi kunda Rossiya universitetlari ta’lim ko‘rgazmalarida yangi taqdimot formatini tanlayotganini qo‘shimcha qildi.
Ko‘rgazma o‘tkazilayotgan mamlakatga shu yerda tug‘ilib o‘sgan va ayni vaqtda Rossiyada tahsil olayotgan talabalar keladi.
“Deylik, ular qabul komissiyalarida ishlaydilar va Rossiya Federatsiyasiga o‘qishga ketayotganlarga qayerda o‘qishlari, u yerda o‘quv qanday olib borilishi, o‘quv yurti kampusi ko‘rinishi va ta’lim dasturi qanchalik qiziqarli ekanligini o‘zlarining ona tilida tushuntiradi”, - deydi Shevtsov.
Yangiliklar lentasi
0