https://oz.sputniknews.uz/20220629/msk-referendumga-tayyorgarlikni-boshladi-25750823.html
MSK referendumga tayyorgarlikni boshladi
MSK referendumga tayyorgarlikni boshladi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident saylovida shakllantirilgan okrug va uchastkalar referendumni o‘tkazish jarayonlarida ham ish olib boradi. 29.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-29T16:10+0500
2022-06-29T16:10+0500
2022-06-29T16:10+0500
jamiyat
msk
referendum
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/18/21059807_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_f0c3d8016c3834741ea932b1ce9d0d75.jpg
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. MSK bo‘lib o‘tishi kutilayotgan referendumga tashkiliy jihatdan puxta tayyorgarlikni boshladi.Komissiya referendum okruglari va uchastkalarini tuzish, komissiyalarning tarkibini shakllantirish va tasdiqlash, ularning faoliyat tartibini belgilovchi nizomlarni tasdiqladi.MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hujjatlar “Referendum to‘g‘risidagi” qonunni amalda to‘liq va bir xilda bajarishni ta’minlashga qaratilgan.Aytilishicha 2 ta nizomda okrug va uchastga faoliyatiga taaluqli normalar to‘liq yoritib berilgan.Referendum tayinlash to‘g‘risidagi qaror e’lon qilinganidan keyin MSK okrug komissiyasini 10 kundan kechikmay komissiya raisi, uning o‘rinbosari, kotibi va komissiyaning sakkiz — o‘n sakkiz nafar boshqa a’zolaridan iborat tarkibda tuzadi.Uchastka komissiyasi esa yigirma besh kundan kechikmay besh — o‘n to‘qqiz nafar a’zodan, shu jumladan komissiya raisi, rais o‘rinbosari va kotibidan iborat tarkibda tuziladi.Referendum komissiyasi tarkibida ayol va erkaklarning teng vakilligi ta’minlanadi.Shuningdek, MSK hamkor tashkilotlar bilan birgalikda referendum o‘tkazuvchi komissiyalar a’zolarining malakasini oshirishga ham kirishdi. Unga ko‘ra, komissiya a’zolarini o‘qitish 3 bosqichda olib boriladi.Mazkur ilovaga referendum qonunchiligiga hamda seminar-treniglarga oid tayyorlangan o‘quv-uslubiy materiallar joylashtiriladi.Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari ishtirokidagi uchrashuvda Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazishni taklif qilgandi. Bundan avvalroq esa, referendum to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish kiritildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/18/21059807_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_35121f65b5d0e9bae520f6daecd557cb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, msk, referendum
MSK referendumga tayyorgarlikni boshladi
Prezident saylovida shakllantirilgan okrug va uchastkalar referendumni o‘tkazish jarayonlarida ham ish olib boradi.
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. MSK bo‘lib o‘tishi kutilayotgan referendumga tashkiliy jihatdan puxta tayyorgarlikni boshladi.
Komissiya referendum okruglari va uchastkalarini tuzish, komissiyalarning tarkibini shakllantirish va tasdiqlash, ularning faoliyat tartibini belgilovchi nizomlarni tasdiqladi.
MSK raisi o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorovning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hujjatlar “Referendum to‘g‘risidagi” qonunni amalda to‘liq va bir xilda bajarishni ta’minlashga
qaratilgan.“Biz qandaydir yangilik ixtiro qilganimiz yo‘q. Referundum komissiyalari tizimi saylov komissiyalari tizimiga o‘xshash shaklda tuziladi. Prezident saylovida shakllantirilgan okrug va uchastkalar referendumni o‘tkazish jarayonlarida ham ish olib boradi.
Aytilishicha 2 ta nizomda okrug va uchastga faoliyatiga taaluqli normalar to‘liq yoritib berilgan.
Referendum tayinlash to‘g‘risidagi qaror e’lon qilinganidan keyin MSK okrug komissiyasini 10 kundan kechikmay komissiya raisi, uning o‘rinbosari, kotibi va komissiyaning sakkiz — o‘n sakkiz nafar boshqa a’zolaridan iborat tarkibda tuzadi.
Uchastka komissiyasi esa yigirma besh kundan kechikmay besh — o‘n to‘qqiz nafar a’zodan, shu jumladan komissiya raisi, rais o‘rinbosari va kotibidan iborat tarkibda tuziladi.
Referendum komissiyasi tarkibida ayol va erkaklarning teng vakilligi ta’minlanadi.
Shuningdek, MSK hamkor tashkilotlar bilan birgalikda referendum o‘tkazuvchi komissiyalar a’zolarining malakasini oshirishga ham kirishdi. Unga ko‘ra, komissiya a’zolarini o‘qitish 3 bosqichda olib boriladi.
“Referendum o‘tkazuvchi komissiyalar a’zolarining nazariy va amaliy bilimlarini doimiy asosda mustahkamlab borish maqsadida “Referendum - 2022” mobil ilovasi yaratiladi”, deydi MSK kotibi Xudoyor Mamatov.
Mazkur ilovaga referendum qonunchiligiga hamda seminar-treniglarga oid tayyorlangan o‘quv-uslubiy materiallar joylashtiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari ishtirokidagi uchrashuvda Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha referendum o‘tkazishni taklif
qilgandi. Bundan avvalroq esa, referendum to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartirish
kiritildi.