O‘zbekiston importidagi top-3 davlat ma’lum bo‘ldi

CC0 / Pixabay / Konteyneri v portu, arxivnoe foto
Konteyneri v portu, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2022
Obuna bo‘lish
So‘nggi besh oyda O‘zbekiston Xitoydan 2,7 mlrd dollar, Rossiyadan 2,3 mlrd dollarlik mahsulot import qilgan.
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. 2022 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston import borasida asosan Xitoy, Rossiya va Qozog‘iston bilan hamkorlik qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Statqo‘mga ko‘ra, so‘nggi besh oyda O‘zbekiston Xitoydan 2,7 mlrd dollar, Rossiyadan 2,3 mlrd dollar va Qozog‘istondan 1,3 mlrd dollarlik mahsulot import qilgan.
Mamlakat Rossiya va Qozog‘istondan ko‘proq makaron, Xitoydan esa mobil telefonlar sotib olgan. Parranda go‘shti importida ham Rossiya yetakchi davlatlar safida.
Bundan tashqari O‘zbekistonning import borasidagi Top-10 hamkorlari orasida Koreya (1,1 mlrd dollar), Turkiya (698,5 mln dollar), Germaniya (465 mln dollar), Turkmaniston (260 mln dollar), Hindiston (249 mln dollar), AQSh (192 mln dollar) va Braziliya (170 mln dollar) ham joy olgan.
Yangiliklar lentasi
0