Koronavirusga chalinish ko‘rsatkichi biroz pasaydi

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Mediabankka o‘tishLechenie patsiyentov s Covid-19 v bolnitse
Lechenie patsiyentov s Covid-19 v bolnitse - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.06.2022
Obuna bo‘lish
Yangi kasallanish holatlarining eng ko‘pi yana Farg‘ona va Toshkentga to‘g‘ri kelmoqda.
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusga chalinish holatlari biroz kamaydi.
Qayd etilishicha, 27-iyun kuni O‘zbekistonda 91 kishida kasallik aniqlandi. Koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 240569 nafarga yetdi.
Yangi kasallanish holatlarining eng ko‘pi yana Farg‘ona va Toshkentga to‘g‘ri kelmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 1 nafari Qoraqalpog‘iston, 5 nafari Buxoro, 6 nafari Jizzax, 9 nafari Qashqadaryo, 5 nafari Navoiy, 12 nafari Samarqand, 2 nafari Sirdaryo, 10 nafari Surxondaryo, 11 nafari Farg‘ona, 1 nafari Xorazm, 3 nafari Toshkent viloyatida, 26 nafari Toshkent shahrida aniqlangan.
Kecha kun davomida 38 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 237941 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 26-iyun kuni respublikada koronavirusga chalingan bemorlar soni oshgani haqida xabar berilgandi. Unda bir sutka davomida eng ko‘p kasallik Toshkent shahri (47 nafar) va Farg‘onada (21 nafar) aniqlangan.
Yangiliklar lentasi
0