Yuriy Shatunov bilan vidolashuv marosimiga 10 mingdan ortiq odam keldi - video

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishProshanie s Yuriyem Shatunovim
Proshanie s  Yuriyem Shatunovim - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.06.2022
Obuna bo‘lish
"Laskoviy may" guruhining solisti Troyekurovskiy qabristoniga dafn etiladi.
Yakshanba kuni ertalab Moskvadagi Troyekurovskoe qabristoniga xonanda Yuriy Shatunov bilan vidolashuv morasimiga yuzlab odamlar keldi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Qabristonga kirish qismida katta navbat paydo bo‘ldi. Xabarda aytilishicha, vidolashuv marosimiga 10 mingdan ortiq odam keldi.
Ko‘plab muxlislar oq atirgullar guldastalari bilan kelishdi.
23 iyun kuni kechqurun “Laskoviy may” guruhi solisti, 90-yillarda xit bo‘lgan qo‘shiqlar muallifi Yuriy Shatunov vafot etdi.
Uning o‘limga yurak xuruji sabab bo‘ldi. Xonandani shifoxonaga olib ketishayotganda, tez yordam mashinasida joni uzildi.
Yuriy Shatunov 48 yoshda edi. Yoshligidanoq yulduzlik darajasiga erishgan Yuriy Shatunov umrining so‘nggi kuniga qadar musiqa bilan shug‘ullangan.
Yuriy Shatunov 1973-yil 6-sentabr kuni Rossiyada tug‘ilgan. 2019-yilda uning “Lyubimie pesni” albomi chiqqan bo‘lsa, 2020-yilda yana uchta jamlanmasi — “Spasibo tebe”, “Ostanovitsya ne mogu” va “Zametayet listya sneg”ni muxlislariga taqdim etgan.
Yangiliklar lentasi
0