Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Shoygu Ukrainadagi maxsus operatsiyada ishtirok etayotgan qo‘shinlarni tekshiruvdan o‘tkazdi

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishMinistr oboroni RF Sergey Shoygu
Ministr oboroni RF Sergey Shoygu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.06.2022
Obuna bo‘lish
Sergey Shoygu maxsus operatsiyada ishtirok etayotgan qo‘shinlarni tekshiruvdan o‘tkazib, topshiriqlar berdi.
TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Ukrainadagi maxsus operatsiyada ishtirok etayotgan Rossiya qo‘shinlari guruhini tekshiruvdan o‘tkazdi.
“Rossiya qo‘mondonlik punktlarida armiya generali Sergey Shoygu qo‘mondonlarning Rossiya Qurolli kuchlarining asosiy operativ hududlardagi hozirgi holati va harakatlari to‘g‘risidagi hisobotlarini tingladi”, — deyilgan vazirlik xabarida.
Vazirlikda ta’kidlanganidek, Shoygu harbiy xizmatchilarni vaqtincha joylashtirish punktlarida jangovar harakatlar va yashash sharoitlari masalalariga alohida e’tibor qaratdi.
Shuningdek, Sergey Shoygu “jangovar topshiriqlarni bajarishda qahramonlik va fidoyilik ko‘rsatgan” jangchilarga Rossiya Qahramoni “Oltin yulduz” medallari va “Jasorat” ordenlarini topshirdi.
Rossiya 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Prezident Vladimir Putin ushbu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi.
Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, Qurolli Kuchlar faqat harbiy infratuzilma va Ukraina qo‘shinlariga zarba bermoqda. 25-martga kelib ular birinchi bosqichning asosiy vazifalarini bajarishdi - Ukrainaning jangovar salohiyatini sezilarli darajada kamaytirishdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi endi asosiy maqsad - Donbassni ozod qilish ekanini ta’kidlagan.
Yangiliklar lentasi
0