https://oz.sputniknews.uz/20220624/ozbekiston-tashqi-qarzi-kamaydi---mb-25617687.html
O‘zbekiston tashqi qarzi kamaydi - MB
O‘zbekiston tashqi qarzi kamaydi - MB
Sputnik O‘zbekiston
2022 yilning I choragida geosiyosiy vaziyat tufayli yangi qarz jalb qilish sekinlashgan. 24.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-24T15:45+0500
2022-06-24T15:45+0500
2022-06-24T15:45+0500
iqtisod
markaziy bank
tashqi qarz
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/18/24768421_0:160:3072:1888_1920x0_80_0_0_90a912939b316135f68a5da810910988.jpg
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. O‘zbekiston umumiy tashqi qarzi 721,5 mln dollarga (1,8 %) qisqardi. Buning natijasida 1-aprel holatiga tashqi qarz 38,8 mlrd dollarni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.Qayd etilishicha, shu yilning I choragida jahonda geosiyosiy vaziyat ta’sirida davlat va xususiy sektor tomonidan yangi qarz jalb qilish sekinlashgan.Asosiy qarz bo‘yicha to‘lovlarning amalga oshirilishi tashqi qarz qoldig‘ida aks etdi.Davlat tashqi qarziI chorakda davlat tashqi qarzi sof kamayishi, kurslar va narxlar o‘zgarishini inobatga olganda 1,5 foizga yoki 345,4 mln dollarga qisqarib, hisobot davri oxiriga 23,4 mlrd dollarga teng bo‘ldi.Ushbu davrda davlat tomonidan 281 mln dollar miqdorida qarzdorlik jalb qilingan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 68 mln dollarga kam.Xususiy tashqi qarz1 aprel holatiga xususiy tashqi qarz 15,5 mlrd dollar bo‘lib, shu yilning boshiga nisbatan 2 foizga yoki 376,0 mln dollarga qisqarish kuzatildi.I chorakda xususiy sektor tomonidan jalb qilingan qazdorlik 1,2 mlrd dollarga teng bo‘ldi.Eslatib o‘tamiz, mart oyida 20 mln dollarlik xorijiy valyutadagi mamlakat davlat qarzining bir qismi milliy valyutadagi qarzga o‘girilgandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/18/24768421_171:0:2902:2048_1920x0_80_0_0_474bebe62a5eecef36e4e7fe8f1fa693.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, markaziy bank, tashqi qarz
iqtisod, markaziy bank, tashqi qarz
O‘zbekiston tashqi qarzi kamaydi - MB
2022 yilning I choragida geosiyosiy vaziyat tufayli yangi qarz jalb qilish sekinlashgan.
TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. O‘zbekiston umumiy tashqi qarzi 721,5 mln dollarga (1,8 %) qisqardi. Buning natijasida 1-aprel holatiga tashqi qarz 38,8 mlrd dollarni tashkil etmoqda. Bu haqda Markaziy bank xabar
berdi. Qayd etilishicha, shu yilning I choragida jahonda geosiyosiy vaziyat ta’sirida davlat va xususiy sektor tomonidan yangi qarz jalb qilish sekinlashgan.
Asosiy qarz bo‘yicha to‘lovlarning amalga oshirilishi tashqi qarz qoldig‘ida aks etdi.
I chorakda davlat tashqi qarzi sof kamayishi, kurslar va narxlar o‘zgarishini inobatga olganda 1,5 foizga yoki 345,4 mln dollarga qisqarib, hisobot davri oxiriga 23,4 mlrd dollarga teng bo‘ldi.
Ushbu davrda davlat tomonidan 281 mln dollar miqdorida qarzdorlik jalb qilingan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 68 mln dollarga kam.
1 aprel holatiga xususiy tashqi qarz 15,5 mlrd dollar bo‘lib, shu yilning boshiga nisbatan 2 foizga yoki 376,0 mln dollarga qisqarish kuzatildi.
I chorakda xususiy sektor tomonidan jalb qilingan qazdorlik 1,2 mlrd dollarga teng bo‘ldi.
Banklar - 389 mln dollar;
Tog‘-kon va metalurgiya sanoati - 217 mln dollar;
Neftgaz va energetika sektoridagi korxonalar - 171 mln dollar;
Boshqa sektorlar - 455 mln dollar.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida 20 mln dollarlik xorijiy valyutadagi mamlakat davlat qarzining bir qismi milliy valyutadagi qarzga
o‘girilgandi.