Xonanda Pyer Narsiss 45 yoshida vafot etdi

© Sputnik / Yekaterina ChesnokovaPyer Narsiss peves
Pyer Narsiss peves - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.06.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya va MDHda “Shokoladniy zayas” qo‘shig‘i bilan tanilgan rossiyalik xonanda Pyer Narsiss vafot etdi.
TOShKENT, 22-iyun - Sputnik. Rossiyalik xonanda, "Fabrika zvezd-2" ko‘rsatuvi ishtirokchisi “Shokoladniy zayas” qo‘shig‘ining ijrochisi Pyer Narsiss vafot etdi.
Xonanda 21-iyun kuni 45 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning qizi Karolina-Kristel Kalachova ma’lum qildi.

“Dada, sizga hamma narsa uchun rahmat... Siz yonimda bo‘lmasligingizdan juda afsusdaman... Lekin umid qilamanki, sizda jannatda ham, keyingi hayotingizda ham hammasi yaxshi bo‘ladi”, - deb yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Pyer Narsiss, asli kelib chiqishi Kamerundan. Rossiyaga 1990-yillar oxirida kelgan. Moskvada unga omad kulib boqqan, dastlab u MGUga o‘qishga kirgan, keyin filmda kichik rol olgan. Undan so‘ng esa “Fabrika zvezd” ko‘rsatuvida kastingdan o‘tib muvaffaqiyatli ishtirok etgan. Undan so‘ng Narsissning musiqa va shou-bibznesda karyerasi muvaffaqiyatli davom etadi. U bir necha xit qo‘shiqlar kuylaydi, rossiyalik model Valeriya Kalachovaga uylanadi, 2005-yilda esa ular farzandli bo‘lishadi.
Valeriya Kalachova aytishiga ko‘ra, Pyer Narsiss uzoq yillar astma bilan og‘rigan, shu bois o‘tkir buyrak yetishmovchiligi belgilariga e’tibor bermagan. U shifokorlarga murojaat qilganida, unga yurak yetishmovchiligi tashxisi ham qo‘yilgan. Narsiss zudlik bilan yurak klapanini almashtirishi uchun operatsiya tayinlangan. Lekin operatsiya uchun tibbiy komaga tushirishgan, ammo uning yuragi behushlikka dosh bera olmagan...
Yangiliklar lentasi
0