Chelyabinskda ishlayotgan o‘zbekistonliklar MDTUda o‘qishlari uchun sharoit yaratiladi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mediabankka o‘tishNaberejnaya reki Miass. Gorod Chelyabinsk
Naberejnaya reki Miass. Gorod Chelyabinsk - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2022
Obuna bo‘lish
Talabalarning o‘quv-kontrakt to‘lovlari “Yujuralzoloto” korxonasi tomonidan 5-yil ishlab berish sharti bilan to‘lab beriladi.
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Chelyabinsk viloyatining Plast shahrida joylashgan oltin qazib olish va ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Yujuralzoloto” korxonasida mehnat qilayotgan o‘zbekistonliklar dual ta’lim tizimida o‘qitiladi.
Toshkent shahri hokimining birinchi o‘rinbosari Hotambek Shokirov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Magnitogorsk davlat texnika universiteti rektori Mixail Chukin bilan uchrashdi.
Suhbat davomida ta’lim sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va yanada kengaytirish bo‘yicha fikr almashildi.
MDTU rektori o‘z so‘zida universitet Magnitogorsk metallurgiya kombinati bilan hamkorlikda dual ta’lim tizimini yo‘lga qo‘ygani va mazkur tizim doirasida tahsil oluvchi talabalar bir vaqtning o‘zida ham o‘qish, ham ishlash imkoniyatiga ega ekanini aytib o‘tdi.
Endilikda universitet “Yujuralzoloto” korxonasida mehnat qilayotgan o‘zbekistonlik fuqarolar uchun ham ushbu ta’lim dargohida tahsil olishlari uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi.
“Korxonada mehnat qilayotgan fuqarolar delegatsiya a’zolari bilan uchrashganda o‘zlari faoliyat yuritayotgan sohada oliy ta’lim olish istagini bildirib o‘tishgandi. Ular MDTUga o‘qishga kirish uchun Bosh konsulxona va “Yujuralzoloto” korxonasi rahbariyatidan yordam so‘rab murojaat qilishgan” deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, korxona tomonidan talabalarning o‘quv-kontrakt to‘lovlari ushbu korxonada 5-yil ishlab berish sharti bilan to‘lab beriladi.
Aytilishicha, ta’lim dargohi O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari va yirik tog‘-kon metallurgiya korxonalari bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirish niyatida.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda MDTU Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari instituti, Samarqand davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti hamda Buxoro davlat tibbiyot instituti bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Yangiliklar lentasi
0