https://oz.sputniknews.uz/20220620/xitoy-rossiyadan-rekord-darajada-neft-sotib-oldi--25475456.html
Xitoy Rossiyadan rekord darajada neft sotib oldi
Xitoy Rossiyadan rekord darajada neft sotib oldi
Sputnik O‘zbekiston
Xitoy Rossiyadan rekord darajada neft sotib oldi
2022-06-20T20:46+0500
2022-06-20T20:46+0500
2023-04-05T18:38+0500
rossiya
neft
xitoy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/14/25475218_0:134:3000:1822_1920x0_80_0_0_87609e2d87769e4f8d7d9230f9d2c0f2.jpg
May oyida Xitoy Rossiyada ishlab chiqarilgan xom neft importini yillik 55 foizga (rekord darajada) oshirdi. Natijada Rossiya ushbu yonilg‘ini Xitoyga eksport qiluvchilar orasida Saudiya Arabistonini siqib chiqargan holda birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda “Reuters”xabar berdi.“Rossiya Xitoyga neft eksport qiluvchi davlatlar orasida birinchi o‘rinni egalladi va bir yarim yil davomida bu ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchi bo‘lgan Saudiya Arabistonini ikkinchi o‘ringa siqib chiqardi”, deyiladi xabarda.May oyida Rossiyadan neft yetkazib berish hajmi qariyb 8,42 million tonnani tashkil etgan, bu kuniga taxminan 1,98 million barrelga teng. Bu aprel oyiga nisbatan chorak baravar yuqori.Neft dengiz orqali ham, Sharqiy Sibir-Tinch okeani quvuri orqali ham yetkazib berilgan.Nashrga ko‘ra, bunday dinamika xitoylik xaridorlarga mahsulotga katta chegirmalar berilishi bilan izohlanadi, chunki sanksiyalar fonida hamma davlatlar ham Rossiyadan neft sotib ololmaydi.Ma’lumot uchun, may oyida Saudiya Arabistonining Xitoyga eksport hajmi yiliga 8,7 foizga o‘sdi. Ar-Riyod butun oy davomida 7,82 million tonna xom neftni Xitoyga yetkazib berdi. Braziliya esa Xitoyga 2,2 million tonna yuk jo‘natdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 19 foizga kam.Eslatib o‘tamiz, Rossiyadan Hindistonga neft yetkazib berish 31 barobarga oshgan. Manbalarga ko‘ra, Moskva Dehliga 30 foizlik chegirma taklif qilgan.
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/14/25475218_196:0:2804:1956_1920x0_80_0_0_d9cc5c7f97dfcee366316dc6169b2aa9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
xitoy rossiyadan rekord darajada neft sotib oldi
xitoy rossiyadan rekord darajada neft sotib oldi
Xitoy Rossiyadan rekord darajada neft sotib oldi
20:46 20.06.2022 (yangilandi: 18:38 05.04.2023) Rossiya neftni Xitoyga dengiz orqali ham, Sharqiy Sibir-Tinch okeani quvuri orqali ham yetkazib bergan.
May oyida Xitoy Rossiyada ishlab chiqarilgan xom neft importini yillik 55 foizga (rekord darajada) oshirdi. Natijada Rossiya ushbu yonilg‘ini Xitoyga eksport qiluvchilar orasida Saudiya Arabistonini siqib chiqargan holda birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda “Reuters”xabar berdi.
“Rossiya Xitoyga neft eksport qiluvchi davlatlar orasida birinchi o‘rinni egalladi va bir yarim yil davomida bu ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchi bo‘lgan Saudiya Arabistonini ikkinchi o‘ringa siqib chiqardi”, deyiladi xabarda.
May oyida Rossiyadan neft yetkazib berish hajmi qariyb 8,42 million tonnani tashkil etgan, bu kuniga taxminan 1,98 million barrelga teng. Bu aprel oyiga nisbatan chorak baravar yuqori.
Neft dengiz orqali ham, Sharqiy Sibir-Tinch okeani quvuri orqali ham yetkazib berilgan.
Nashrga ko‘ra, bunday dinamika xitoylik xaridorlarga mahsulotga katta chegirmalar berilishi bilan izohlanadi, chunki sanksiyalar fonida hamma davlatlar ham Rossiyadan neft sotib ololmaydi.
Ma’lumot uchun, may oyida Saudiya Arabistonining Xitoyga eksport hajmi yiliga 8,7 foizga o‘sdi. Ar-Riyod butun oy davomida 7,82 million tonna xom neftni Xitoyga yetkazib berdi. Braziliya esa Xitoyga 2,2 million tonna yuk jo‘natdi, bu o‘tgan yilga nisbatan 19 foizga kam.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyadan Hindistonga neft yetkazib berish 31 barobarga oshgan. Manbalarga ko‘ra, Moskva Dehliga 30 foizlik chegirma taklif qilgan.
Rossiya gazining Xitoyga oqimi ham ortib bormoqda. Xususan, “Gazprom” yanvardan maygacha Xitoyga quvur orqali gaz yetkazib berishni o‘tgan yilning besh oyiga nisbatan 67,5 foizga oshirgan. Xitoyning 2011-yildan 2021-yilgacha bo‘lgan vaqt davomidagi tabiiy gazga bo‘lgan talabi butun jahon talabi o‘sishining 32 foizini ta’minlagan.