Qaysi mahsulotlar uyqusizlikni keltirib chiqaradi?

© Depositphotos.com / Sementsova321Devushka vo vremya dnevnogo sna
Devushka vo vremya dnevnogo sna  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.06.2022
Obuna bo‘lish
Parhezshunos Kalen: pomidor, konserva, tuzlama va avokado uyqusizlikka sabab bo‘ladi.
Parhezshunos Yelena Kalen kechki ovqatda iste’mol qilinadigan uyqu sifatiga ta’sir ko‘rsatuvchi mahsulotlarni sanab o‘tdi.
Uning ta’kidlashicha, muntazam uyqusizlik yoki uyquga to‘ymaslik immunitet tushib ketishiga, stress gormoni ko‘payishiga va organizmning umumiy holati yomonlashishiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, odam tez charchaydi, asabiy bo‘lib qoladi. Bu esa meyordan ortiq ovqatlanishga va ortiqcha vazn to‘plashga olib keladi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi bir mahsulotlar uyqusizlikning sababchilari bo‘lishi mumkin. Masalan, go‘sht (qovurilgan yoki gril), pomidor, baqlajon, konservalangan mahsulotlar, tuzlamalar (sabzavotlar ham, baliqlar ham), shuningdek, avokado, mog‘orlagan pishloq ham.
“Sanab o‘tilgan mahsulotlar tarkibida tiranin juda ko‘p bo‘lishi mumkin. Ushbu aminokislota organizmda noradrenalinga (stress gormoniga) aylanadi. Qonda har asabiyolashgan vaziyatda ushbu moddaning konsentratsiyasi ko‘payadi. Natijada esa o‘zimizni nihoyatda hayajonlangan, to‘lqinlangandek his qilamiz, tunda esa uxlash qiyinlashadi”, - deydi mutaxassis.
Uning ta’kidlashicha, uyqudan oldin selderey va siydik haydaydigan boshqa mahsulotlarni iste’mol qilmagan ma’qul.
Yangiliklar lentasi
0