Yurakka yaqin. Kardioxirurg bilan suhbat - video

Obuna bo‘lish
Kardiojarroh Rustam Yarbekov mashhur Leo Bokeriyaning shogirdi, O‘zbekistonda kardioxirurgiya qanday rivojlanayotgani haqida Sputnikka hikoya qilib berdi.
Rustam Yarbekov A. Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashgan ilmiy-amaliy jarrohlik markazining Kardiojarrohlik bo‘limi rahbari
Doktor Yarbekov Moskvada tajriba orttirib O‘zbekistonga qaytganidan so‘ng yurakda o‘ta murakkab operatsiyalar o‘tkazib kelmoqda.
Kelajakda kardioxirurgiyada eng yuqori malaka talab qiluvchi – yurakni ko‘chirib o‘tkazish yoki sun’iy yurak o‘rnatish operatsiyasini amalga oshirishni orzu qilmoqda.
“Bu har bir kardiojarrohning orzusi. Bu sizning jamoaning oliy darajadagi malakaga ega ekanidan dalolat beradi”, - deydi Yarbekov.
Yurak xastaligiga uchragan odamlarga shifokor quyidagi maslahatni berdi.
“Men yoshi katta kishilar va ayniqsa yuragi kasallarga murojaat qilmoqchiman. Bizda yozda faslida yuragi xasta odamlar orasida o‘lim holati juda ko‘p uchraydi. Sabab – ular keragidan ortiq miqdorda suyuqlik ichishadi. Birov infarktga uchragan kimningdir klapani shikastlangan. Ko‘p miqdordagi suyuqlik iste’mol qilish aylanayotgan qon miqdorini oshiradi. Terlash – ortiqcha suyuqlikning barchasini chiqara olmaydi. 30-40% organizmda qoladi. Bu yurak uchun katta bosim. Suyuqlik miqdorini nazorat qilish kerak. Keragidan ortiq suv ichmaslik kerak”.
Yangiliklar lentasi
0