https://oz.sputniknews.uz/20220617/vladimir-norov-valday-xalqaro-munozara-klubi-direktori-bilan-uchrashdi-25409692.html
Vladimir Norov “Valday” xalqaro munozara klubi direktori bilan uchrashdi
Vladimir Norov “Valday” xalqaro munozara klubi direktori bilan uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Norov “Valday” xalqaro munozara klubi direktori bilan uchrashdi
2022-06-17T17:06+0500
2022-06-17T17:06+0500
2022-06-17T17:06+0500
siyosat
o‘zbekiston tiv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/11/25410021_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_ad6d05d5b5bd9d136c33f706e2ce57d8.jpg
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Rossiyaning “Valday” xalqaro munozara klubi direktori Timofey Bordachovni qabul qildi.Muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida ko‘p qirrali va keng ko‘lamli hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.Bordachov o‘z so‘zida O‘zbekistonda siyosiy-huquqiy tizim, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’naviy hayoti tubdan o‘zgarganini e’tirof etdi.O‘zbekiston zamonaviy tashqi siyosatining g‘oyat muhimligi, buning natijasida mamlakat dunyoning barcha davlatlari va xalqaro institutlar bilan teng huquqli, pragmatik hamda konstruktiv munosabatlar o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgani alohida ta’kidlandi.Aytilishicha, davlatlararo munosabatlarning ijobiy sura’ti ikki mamlakat ilmiy tahliliy muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni jadallashtirishga xizmat qilmoqda.O‘zbekiston va Rossiya “aql markazlari” faol va konstruktiv muloqot yo‘lga qo‘ygan. Hozirda turli masalalar yuzasidan fikr va tahliliy tajriba almashilmoqda. Yirik qo‘shma tadbirlar tashkiliy va mazmunan yuqori darajada tashkil etilib, ularning yakunlari bo‘yicha aniq asosga ega takliflar ishlab chiqilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/11/25410021_44:0:1237:895_1920x0_80_0_0_ba3b0f5d051b3582f7e9ae4781c01b03.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vladimir norov “valday” xalqaro munozara klubi direktori bilan uchrashdi
vladimir norov “valday” xalqaro munozara klubi direktori bilan uchrashdi
Vladimir Norov “Valday” xalqaro munozara klubi direktori bilan uchrashdi
Bordachov O‘zbekistonda siyosiy-huquqiy tizim, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’naviy hayoti tubdan o‘zgarganini e’tirof etdi.
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Rossiyaning “Valday” xalqaro munozara klubi direktori Timofey Bordachovni qabul
qildi. Muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida ko‘p qirrali va keng ko‘lamli hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi.
Bordachov o‘z so‘zida O‘zbekistonda siyosiy-huquqiy tizim, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-ma’naviy hayoti tubdan o‘zgarganini e’tirof etdi.
O‘zbekiston zamonaviy tashqi siyosatining g‘oyat muhimligi, buning natijasida mamlakat dunyoning barcha davlatlari va xalqaro institutlar bilan teng huquqli, pragmatik hamda konstruktiv munosabatlar o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgani alohida ta’kidlandi.
Aytilishicha, davlatlararo munosabatlarning ijobiy sura’ti ikki mamlakat ilmiy tahliliy muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni jadallashtirishga xizmat qilmoqda.
O‘zbekiston va Rossiya “aql markazlari” faol va konstruktiv muloqot yo‘lga qo‘ygan. Hozirda turli masalalar yuzasidan fikr va tahliliy tajriba almashilmoqda. Yirik qo‘shma tadbirlar tashkiliy va mazmunan yuqori darajada tashkil etilib, ularning yakunlari bo‘yicha aniq asosga ega takliflar ishlab chiqilmoqda.