https://oz.sputniknews.uz/20220617/viloyatlarda-tez-tibbiy-yordam-boyicha-yagona-call-markazlar-ish-boshlaydi-25388280.html
Viloyatlarda tez tibbiy yordam bo‘yicha yagona “Call-markaz”lar ish boshlaydi
Viloyatlarda tez tibbiy yordam bo‘yicha yagona “Call-markaz”lar ish boshlaydi
Sputnik O‘zbekiston
Endilikda tez yordam brigadalari hudud chegarasiga qarab emas, balki bemorgacha masofaning yaqinligiga ko‘ra yo‘naltiriladi 17.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-17T09:48+0500
2022-06-17T09:48+0500
2022-06-17T09:48+0500
jamiyat
yangi qaror
sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/15/22864431_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_4c5be35dc1a2f3fe3435682f65c10465.jpg
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Toshkent tajribasi asosida Respublika tez tibbiy yordam markazi hududiy filiallarida yagona “Call-markaz”lar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda 16-iyun kuni prezident tomonidan qabul qilingan qarorda nazarda tutilgan.Hujjatga muvofiq, 14 ta hududdagi dispetcherlik xizmatlari tugatildi.Endilikda, 1-dekabrga qadar Andijon, Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari, 2023-yil 1-sentabrga qadar esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari tuman (shahar)larida “Call-markaz”lar o‘z faoliyatini boshlaydi.“Call-markaz”larda:Tez tibbiy yordam brigadalari planshetlar bilan ta’minlanadi.Markaz xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash maktabi tashkil etiladi.Qaror bilan, SSV huzuridagi Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasiga 85 mlrd so‘m miqdordagi mablag‘ yo‘naltiriladi.Qolaversa, Jahon banki shoshilinch xizmatlarni rivojlantirish loyihasi doirasida tez va shoshilinch tibbiy yordamni raqamlashtirish tadbirlariga 5 mln dollari miqdoridagi mablag‘lar ajratiladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/15/22864431_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_65cdd21d2f5e983f7b0d601c853c53ce.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, yangi qaror, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
jamiyat, yangi qaror, sog‘liqni saqlash vazirligi (ssv)
Viloyatlarda tez tibbiy yordam bo‘yicha yagona “Call-markaz”lar ish boshlaydi
Endilikda tez yordam brigadalari hudud chegarasiga qarab emas, balki bemorgacha masofaning yaqinligiga ko‘ra yo‘naltiriladi
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Toshkent tajribasi asosida Respublika tez tibbiy yordam markazi hududiy filiallarida yagona “Call-markaz”lar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda 16-iyun kuni prezident tomonidan qabul qilingan qarorda nazarda
tutilgan. Hujjatga muvofiq, 14 ta hududdagi dispetcherlik xizmatlari tugatildi.
Endilikda, 1-dekabrga qadar Andijon, Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari, 2023-yil 1-sentabrga qadar esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari tuman (shahar)larida “Call-markaz”lar o‘z faoliyatini boshlaydi.
chaqiruvlarni qabul qiluvchi xodimlar bilan birga shifokor xodimlardan iborat maxsus tibbiy maslahat xizmati faoliyati tashkil etiladi;
rahbar lavozimlariga IT-parklardagi iqtidorli yoshlar orasidan munosib nomzodlar tayinlanadi;
saralash orqali bemor ahvoli, kasallik turi va og‘irlik darajasiga qarab chaqiruvlarga tegishli tibbiy brigadalarni yo‘naltirish tizimi joriy etiladi;
tez tibbiy yordamning tuman (shahar) yoki hudud chegarasidan qat’i nazar bemorgacha masofaning yaqinligiga qarab tibbiy brigadani yo‘naltirish yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, tez tibbiy yordam avtotransport vositalariga radioaloqa vositalari va GPS-trekerlar o‘rnatiladi.
Tez tibbiy yordam brigadalari planshetlar bilan ta’minlanadi.
Markaz xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash maktabi tashkil etiladi.
Qaror bilan, SSV huzuridagi Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasiga 85 mlrd so‘m miqdordagi mablag‘ yo‘naltiriladi.
Qolaversa, Jahon banki shoshilinch xizmatlarni rivojlantirish loyihasi doirasida tez va shoshilinch tibbiy yordamni raqamlashtirish tadbirlariga 5 mln dollari miqdoridagi mablag‘lar ajratiladi.