ShHTning Samarqand sammitida tarixiy qarorlar qabul qilinadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFlagi stran ShOS na Konferensii "ShOS: ot Sentralnoy Azii k Yevrazii"
Flagi stran ShOS na Konferensii ShOS: ot Sentralnoy Azii k Yevrazii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2022
Obuna bo‘lish
Samarqand sammitida yana 10ga yaqin davlatlar Shanxay hamkorligi tashkilotiga turli maqomlarda qo‘shilishi mumkin.
TOShKENT, 17-iyun - Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammitida tarixiy qarorlar qabul qilinadi. Bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tgan “ShHT: Markaziy Osiyodan Yevroosiyogacha” konferensiyasida MO xalqaro instituti direktori Anvar Nosirov ma’lum qildi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
“Ishonchim komilki, joriy yilning sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan Samarqand sammitida, albatta, tarixiy qarorlar qabul qilinadi. Ular orasida ShHTga yangi to‘liq a’zolarni, kuzatuvchilarni va muloqot bo‘yicha hamkorlarini qabul qilish masalalari ham bor”, - dedi Nosirov.
Ekspertning fikricha, BMT, MDH, KXShT, YeOII va boshqa qator tuzilmalar bilan o‘rnatilgan yaqin aloqalar ShHTning umumlashtirlgan kun tartibini ilgari surish uchun salmoqli salohiyat yaratadi.
Nosirovning ta’kidlashicha, Yevrosiyo qit’asining chorrahasida joylashgan Markaziy Osiyo azaldan dunyoning "o‘zagi" deb atalgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, aynan shu omil tashkilot xalqlarining tub manfaatlariga javob beradigan Shanxay hamkorlik tashkilotini yaratishda hal qiluvchi omil bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, “ShHT: Markaziy Osiyodan Yevroosiyogacha” konferensiyasi ShHT Xartiyasining 20-yilligiga bag‘ishlangan.
Unda ShHTga a’zo davlatlarning milliy koordinatorlari, tashkilot kotibiyati, Markaziy Osiyo, Rossiya, Eron, Hindiston va boshqa tahliliy tuzilmalarning yetakchi ekspertlari, O‘zbekiston vazirlik va idoralari vakillari ishtirok etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0