https://oz.sputniknews.uz/20220617/rossiyaning-rivojlanish-tamoyillari-va-garb-xatolari-putin-pxifda-nutq-sozladi-25417238.html
Rossiyaning rivojlanish tamoyillari va G‘arb xatolari. Putin PXIFda nutq so‘zladi
Rossiyaning rivojlanish tamoyillari va G‘arb xatolari. Putin PXIFda nutq so‘zladi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya prezidenti Vladimir Putin XXV yubiley Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi majlisida nutq so‘zladi.
2022-06-17T19:53+0500
2022-06-17T19:53+0500
2023-04-05T18:37+0500
rossiya
vladimir putin
g‘arb
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/11/25416492_0:0:3403:1915_1920x0_80_0_0_659ccc87fd00b4ad8f8f231393ecff0d.jpg
Rossiya prezidenti Vladimir Putin XXV yubiley Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi majlisida nutq so‘zladi.Rossiyaning rivojlanish tamoyillari haqidaOchiqlik— "Rossiya hech qachon o‘zini-o‘zi izolyatsiya qilish yo‘liga bormaydi. Biz hamkorlikni kengaytirish yo‘lidan bormoqdamiz. Bu Yer yuzidagi odamlarning ko‘p sonini tashkil etadi. Shu bilan birga, biz bilan hamkorlik qilmoqchi bo‘lganlar AQShning bosimiga duchor bo‘lmoqda"— "Biz bilan ishlashni xohlovchilar bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiramiz. Hatto qo‘l burilayotgan Yevropa kompaniyalari bilan ham"— "Biz yuk tashish punktlarini, transport tizimini, to‘lov tizimimizni rivojlantiramiz. Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo bilan barqaror aloqalarni o‘rnatamiz".Tadbirkorlik erkinligi"Tekshiruvlarni, ma’muriy yukni kamaytiramiz. Rejali tekshirishlar soni allaqachon bir yilda olti martaga kamaydi. Huquqbuzarliklar soni esa ko‘paymadi, aksincha kamaydi. Bu biznesimiz yetukligidan dalolat beradi".“Inflyatsiyani hisobga olgan holda “katta” va “juda katta” zarar ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish kerak.Mas’uliyatli va muvozanatli makroiqtisodiy siyosat– Maqsadimiz - inflyatsiya yukini kamaytirish, maqsadli inflyatsiya darajasini to‘rt foizga yetkazishdir."Hukumat budjet siyosatining prognozliligini ta’minlashi kerak""Ba’zi jahon valyutalari hozir o‘z joniga qasd qilmoqda. Ularning yordami bilan pul zaxiramizni sterilizatsiya qilish - befoyda. Asosiy tamoyil - qancha pul topganingizni tushunib, sarflash - qoladi"Bir qutbli dunyoning davri tugagani va G‘arb siyosati haqida▪️ Har qanday yo‘l bilan uni saqlab qolishga urinishlarga qaramay, bir qutbli dunyo tartibi davri tugadi;▪️ G‘arbdagi hamkorlarimiz o‘zlarining geosiyosiy illyuziyalari deb xalqaro asoslarni ataylab buzib tashladilar;▪️ iqtisodiyot va xalqaro siyosatdagi hozirgi o‘zgarishlar tektonik va inqilobiy xarakterga ega;▪️ G‘arbdagi hamkasblar tarix rivojiga qarshi turishga harakat qilmoqdalar, ular o‘tgan asr nuqtayi nazaridan o‘ylashmoqda, ular soxta tasavvur ichida va o‘zgarishlarni sezishni xohlamayaptilar;▪️ "Oltin milliard" davlatlari avvalgidek hammani ikkinchi darajali mustamlaka deb hisoblamoqda;▪️ Rossiya iqtisodiyotining kelajagi haqidagi qayg‘uli bashoratlar - amalga oshmadi;▪️ Rossiyaga qarshi iqtisodiy bliskrig boshidan muvaffaqiyat qozonish imkoniyatiga ega emas edi;▪️ Dollar kursi 200 dan va boshqa G‘arbning prognozlari - axborot urushining bir qismi, 2022-yilda Rossiya budjeti 3 trillion rubl profitsit bilan ijro etiladi;▪️ Biz har qanday qiyinchilikka dosh bera olamiz va har qanday muammoni hal qila olamiz;▪️ Ipotekaning imtiyozli stavkasini yana 7 %ga tushirish mumkin, deb hisoblayman, u yil oxirigacha davom etadi;▪️ Yevropa Ittifoqining sanksiyalardan faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘qotishlari yiliga 400 mlrd $dan oshishi mumkin, bu xarajatlar odamlar chekiga tushadi;▪️ dunyoda sodir bo‘layotgan voqealar - so‘nggi oylardagi voqealar, jumladan, maxsus harbiy operatsiya natijasi emas, hammasi G7ning mas’uliyatsiz siyosati tufayli ancha oldin boshlangan;▪️ Yevropa Ittifoqi butunlay siyosiy suverenitetini yo‘qotdi, uning elitasi birovning nog‘orasiga raqsga tushib, o‘z aholisiga zarar yetkazmoqda;▪️Yevropadagi hozirgi vaziyat radikalizmning kuchayishiga va kelajakda elitaning o‘zgarishiga olib keladi;▪️ AQSh avvallari yirik oziq-ovqat yetkazib beruvchisi bo‘lgan, endi esa u impor qiluvchiga aylandi, ular pul chop etib, butun dunyo bo‘ylab oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishmoqda;▪️ Nega tovarlarni dollar va yevroga almashtirish kerak? AQShga u yoki bu davlatlarning siyosatida biror narsa yoqmasa, valyuta zahiralari o‘g‘irlanishi mumkin;▪️ Rossiya Yevropada energiya narxining oshishiga aloqador emas, bu maxsus operatsiyadan ancha oldin boshlangan;▪️ Eng qashshoq mamlakatlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ocharchilik butunlay AQSh va Yevropa burokratiyasining vijdoniga bog‘liq bo‘ladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/11/25416492_0:0:2729:2047_1920x0_80_0_0_cf29e4491d95803100443eeb2864c47f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
putin rossiyaning rivojlanish tamoyillari va g‘arb xatolari
putin rossiyaning rivojlanish tamoyillari va g‘arb xatolari
Rossiyaning rivojlanish tamoyillari va G‘arb xatolari. Putin PXIFda nutq so‘zladi
19:53 17.06.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023) Vladimir Putin Sankt-Peterburg iqtisodiy forumining yalpi majlisida nutq so‘zladi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin XXV yubiley Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi majlisida nutq so‘zladi.
Rossiyaning rivojlanish tamoyillari haqida
— "Rossiya hech qachon o‘zini-o‘zi izolyatsiya qilish yo‘liga bormaydi. Biz hamkorlikni kengaytirish yo‘lidan bormoqdamiz. Bu Yer yuzidagi odamlarning ko‘p sonini tashkil etadi. Shu bilan birga, biz bilan hamkorlik qilmoqchi bo‘lganlar AQShning bosimiga duchor bo‘lmoqda"
— "Biz bilan ishlashni xohlovchilar bilan iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiramiz. Hatto qo‘l burilayotgan Yevropa kompaniyalari bilan ham"
— "Biz yuk tashish punktlarini, transport tizimini, to‘lov tizimimizni rivojlantiramiz. Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo bilan barqaror aloqalarni o‘rnatamiz".
"Tekshiruvlarni, ma’muriy yukni kamaytiramiz. Rejali tekshirishlar soni allaqachon bir yilda olti martaga kamaydi. Huquqbuzarliklar soni esa ko‘paymadi, aksincha kamaydi. Bu biznesimiz yetukligidan dalolat beradi".
“Inflyatsiyani hisobga olgan holda “katta” va “juda katta” zarar ko‘rsatkichlarini o‘zgartirish kerak.
Mas’uliyatli va muvozanatli makroiqtisodiy siyosat
– Maqsadimiz - inflyatsiya yukini kamaytirish, maqsadli inflyatsiya darajasini to‘rt foizga yetkazishdir.
"Hukumat budjet siyosatining prognozliligini ta’minlashi kerak"
"Ba’zi jahon valyutalari hozir o‘z joniga qasd qilmoqda. Ularning yordami bilan pul zaxiramizni sterilizatsiya qilish - befoyda. Asosiy tamoyil - qancha pul topganingizni tushunib, sarflash - qoladi"
Bir qutbli dunyoning davri tugagani va G‘arb siyosati haqida
▪️ Har qanday yo‘l bilan uni saqlab qolishga urinishlarga qaramay, bir qutbli dunyo tartibi davri tugadi;
▪️ G‘arbdagi hamkorlarimiz o‘zlarining geosiyosiy illyuziyalari deb xalqaro asoslarni ataylab buzib tashladilar;
▪️ iqtisodiyot va xalqaro siyosatdagi hozirgi o‘zgarishlar tektonik va inqilobiy xarakterga ega;
▪️ G‘arbdagi hamkasblar tarix rivojiga qarshi turishga harakat qilmoqdalar, ular o‘tgan asr nuqtayi nazaridan o‘ylashmoqda, ular soxta tasavvur ichida va o‘zgarishlarni sezishni xohlamayaptilar;
▪️ "Oltin milliard" davlatlari avvalgidek hammani ikkinchi darajali mustamlaka deb hisoblamoqda;
▪️ Rossiya iqtisodiyotining kelajagi haqidagi qayg‘uli bashoratlar - amalga oshmadi;
▪️ Rossiyaga qarshi iqtisodiy bliskrig boshidan muvaffaqiyat qozonish imkoniyatiga ega emas edi;
▪️ Dollar kursi 200 dan va boshqa G‘arbning prognozlari - axborot urushining bir qismi, 2022-yilda Rossiya budjeti 3 trillion rubl profitsit bilan ijro etiladi;
▪️ Biz har qanday qiyinchilikka dosh bera olamiz va har qanday muammoni hal qila olamiz;
▪️ Ipotekaning imtiyozli stavkasini yana 7 %ga tushirish mumkin, deb hisoblayman, u yil oxirigacha davom etadi;
▪️ Yevropa Ittifoqining sanksiyalardan faqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘qotishlari yiliga 400 mlrd $dan oshishi mumkin, bu xarajatlar odamlar chekiga tushadi;
▪️ dunyoda sodir bo‘layotgan voqealar - so‘nggi oylardagi voqealar, jumladan, maxsus harbiy operatsiya natijasi emas, hammasi G7ning mas’uliyatsiz siyosati tufayli ancha oldin boshlangan;
▪️ Yevropa Ittifoqi butunlay siyosiy suverenitetini yo‘qotdi, uning elitasi birovning nog‘orasiga raqsga tushib, o‘z aholisiga zarar yetkazmoqda;
▪️Yevropadagi hozirgi vaziyat radikalizmning kuchayishiga va kelajakda elitaning o‘zgarishiga olib keladi;
▪️ AQSh avvallari yirik oziq-ovqat yetkazib beruvchisi bo‘lgan, endi esa u impor qiluvchiga aylandi, ular pul chop etib, butun dunyo bo‘ylab oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishmoqda;
▪️ Nega tovarlarni dollar va yevroga almashtirish kerak? AQShga u yoki bu davlatlarning siyosatida biror narsa yoqmasa, valyuta zahiralari o‘g‘irlanishi mumkin;
▪️ Rossiya Yevropada energiya narxining oshishiga aloqador emas, bu maxsus operatsiyadan ancha oldin boshlangan;
▪️ Eng qashshoq mamlakatlarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ocharchilik butunlay AQSh va Yevropa burokratiyasining vijdoniga bog‘liq bo‘ladi.