Lavrovning ta’kidlashicha, Kiyevning NATOga jinoiy aloqadorligini G‘arbga ko‘rsatishning boshqa yo‘li qolmagani uchun maxsus operatsiya e’lon qilingan. 17.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-17T16:05+0500
2022-06-17T16:05+0500
2023-04-05T18:37+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Rossiya Ukrainaga bostirib kirmagan, Kiyevning NATOga jinoiy aloqadorligini G‘arbga ko‘rsatishning boshqa yo‘li qolmagani uchun maxsus operatsiya e’lon qilingan. Bu haqda Rossiya tashqi ishlari vaziri Sergey Lavrov nayshanba kuni BBC’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.Vazirning ta’kidlashicha, Rossiyada “boshqa yo‘li qolmagan edi” va Moskva buni “ko‘p, ming marta tushuntirgan”.“Hozir Ukraina rejimi tinch aholiga, shaharlarga g‘arb qurollari bilan hujum qilmoqda” deya qo‘shimcha qildi u.
Lavrovning ta’kidlashicha, Kiyevning NATOga jinoiy aloqadorligini G‘arbga ko‘rsatishning boshqa yo‘li qolmagani uchun maxsus operatsiya e’lon qilingan.
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Rossiya Ukrainaga bostirib kirmagan, Kiyevning NATOga jinoiy aloqadorligini G‘arbga ko‘rsatishning boshqa yo‘li qolmagani uchun maxsus operatsiya e’lon qilingan. Bu haqda Rossiya tashqi ishlari vaziri Sergey Lavrov nayshanba kuni BBC’ga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Biz Ukrainaga bostirib kirganimiz yo‘q. G‘arbga uning jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgani, Ukrainani NATOga jalb qilayotgani, neonatsistlar tuzumini asrab-avaylashi, homiyligi va tarbiyasi haqida tushuntirishga imkonimiz qolmagani uchun maxsus harbiy operatsiya e’lon qildik. Vladimir Zelenskiyning 2021-yilning sentabrida “Agar kimdir Ukrainada o‘zini rus odamidek his qilsa, Rossiyaga ketsin” degandi”, - deydi Lavrov.
Vazirning ta’kidlashicha, Rossiyada “boshqa yo‘li qolmagan edi” va Moskva buni “ko‘p, ming marta tushuntirgan”.
“Hozir Ukraina rejimi tinch aholiga, shaharlarga g‘arb qurollari bilan hujum qilmoqda” deya qo‘shimcha qildi u.
“Biz hech kimga hujum qilganimiz yo‘q. Ular Ukrainadagi ruslarga hujum qildi”, dedi Rossiya diplomatiyasi rahbari.
Rossiya maxsus operatsiyasi
Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.