https://oz.sputniknews.uz/20220617/referendum-otkazish-tartibi-ozgardi-25387799.html
Referendum o‘tkazish tartibi o‘zgardi
Referendum o‘tkazish tartibi o‘zgardi
Sputnik O‘zbekiston
Markaziy saylov komissiyasiga yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birliklarda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini o‘tkazish vakolati berildi. 17.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-17T09:28+0500
2022-06-17T09:28+0500
2022-06-17T09:30+0500
siyosat
referendum
yangi qonun
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/12/20947497_1:0:1999:1124_1920x0_80_0_0_f9d39a1aaf31a4198d3a9a2aa2ed9b1d.jpg.webp
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Endilikda referendum o‘tkazuvchi komissiyalar a’zolariga ayrim xarajatlar uchun kompensatsiya to‘lanadi. Prezident tomonidan imzolangan O‘RQ-779-sonli qonun bilan bir qator qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritildi.“O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan ham kuzatuvchilar qatnashish huquqiga egaligi belgilandi.Shuningdek, kuzatuvchilar harbiy qismlar, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan referendum uchastkalariga borishi haqida referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasini kamida 3 kun oldin xabardor qilishi kerak.Quyidagilar referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin emas:Komissiya a’zolariga referendumga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan miqdorda kompensatsiya to‘lanadi. Ushbu to‘lov transport, ovqatlanish va boshqa xarajatlarning o‘rnini qoplash maqsadida beriladi.Uchastka komissiyasining xatti-harakati va qarori ustidan qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkinligi ham belgilandi.Qonun bilan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, saylov okrugining hududi boshqa ma’muriy-hududiy birlik tarkibiga o‘tkazilganda yoki uning hududida yangi ma’muriy-hududiy birlik tashkil etilgan taqdirda ushbu saylov okrugidan saylangan deputatning vakolatlari saqlab qolinadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0a/12/20947497_251:0:1750:1124_1920x0_80_0_0_fdcc44cdee03783bbed977a431c4ba6b.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, referendum, yangi qonun
siyosat, referendum, yangi qonun
Referendum o‘tkazish tartibi o‘zgardi
09:28 17.06.2022 (yangilandi: 09:30 17.06.2022) Markaziy saylov komissiyasiga yangi tashkil etilgan ma’muriy-hududiy birliklarda mahalliy Kengashlar deputatlari saylovini o‘tkazish vakolati berildi.
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Endilikda referendum o‘tkazuvchi komissiyalar a’zolariga ayrim xarajatlar uchun kompensatsiya to‘lanadi. Prezident tomonidan imzolangan O‘RQ-779-sonli qonun bilan bir qator qonun hujjatlariga o‘zgartishlar
kiritildi. “O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, referendumga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan ham kuzatuvchilar qatnashish huquqiga egaligi belgilandi.
Manfaatdor tashkilotlar, fuqarolar tashabbuskor guruhlari o‘z kuzatuvchilari to‘g‘risida okrug komissiyalariga referendum o‘tkazilishiga kechi bilan 10 kun qolganida ma’lum qiladi. Bunday tartib ilgari 15 kunga teng edi.
Shuningdek, kuzatuvchilar harbiy qismlar, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan referendum uchastkalariga borishi haqida referendum o‘tkazuvchi uchastka komissiyasini kamida 3 kun oldin xabardor qilishi kerak.
Quyidagilar referendum o‘tkazuvchi okrug va uchastka komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin emas:
Siyosiy partiyalarning a’zolari;
Viloyat, tuman va shahar hokimlari;
Prokuratura organlarining, sudlarning mansabdor shaxslari;
fuqarolarning tashabbuskor guruhi tarkibiga kiruvchi shaxslar.
Komissiya a’zolariga referendumga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan miqdorda kompensatsiya to‘lanadi. Ushbu to‘lov transport, ovqatlanish va boshqa xarajatlarning o‘rnini qoplash maqsadida beriladi.
Uchastka komissiyasining xatti-harakati va qarori ustidan qonunda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkinligi ham belgilandi.
Qonun bilan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, saylov okrugining hududi boshqa ma’muriy-hududiy birlik tarkibiga o‘tkazilganda yoki uning hududida yangi ma’muriy-hududiy birlik tashkil etilgan taqdirda ushbu saylov okrugidan saylangan deputatning vakolatlari saqlab qolinadi.