O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida yangi mikroavtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

© Press-slujba Ministerstva transporta UzbekistanaMikroavtobusi iz Sirdari do Tadjikistana
Mikroavtobusi iz Sirdari do Tadjikistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2022
Obuna bo‘lish
Yo‘lovchilar Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahridan Tojikistonning Istaravshan shahriga (eski nomi O‘ratepa) yetib borishi mumkin.
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Sirdaryo viloyatining Yangiyer shahridan Tojikiston Respublikasining Istaravshan (eski nomi O‘ratepa) shahriga qatnovchi “Yangiyer – Istaravshan – Yangiyer” xalqaro yo‘nalishida sinov tariqasida mikroavtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Qatnovlar Guliston shahrida ro‘yxatdan o‘tgan “Timur Avto Trans Servis” MChJ va Tojikiston Respublikasi tomonidan esa “Dovud” MChJlar tomonidan amalga oshirilmoqda.
Qatnovlar har ikki tarafdan kuniga bir marotabadan bajarilmoqda.
Mikroavtobuslar “Yangiyer” avtostansiyasidan soat 7:00 da Tojikiston tomonidan esa Istaravshan shahri markazidan soat 7:30 da yo‘nalishga chiqadi.
Yo‘nalish qatnov masofasi 69 km bo‘lib, yo‘lkira narxi 27 ming so‘m etib belgilangan.
Yo‘lovchilar oqimidan kelib chiqqan holda tashuvchilar tomonidan qatnovlar sonini har ikki tomondan kuniga to‘rtagacha yetkazish ko‘zda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0