Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

G‘arb Ukrainaga samolyot va tanklar bermaslikka kelishib oldi - Makron

© Sputnik / Viktor Antonyuk / Mediabankka o‘tishNaselennie punkti Supovka i Kazachya Lopan v Xarkovskoy oblasti
Naselennie punkti Supovka i Kazachya Lopan v Xarkovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2022
Obuna bo‘lish
Makron G‘arb davlatlari Ukrainaga samolyot va tanklar bermaslikka kelishib olganini aytdi.
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron G‘arb davlatlari Ukrainaga ayrim turdagi qurol-yarog‘lar, xususan, hujum samolyotlari va tanklarni bermaslik bo‘yicha kelishuvga erishganini tasdiqladi. Bu haqda “Ukrinform”ga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

“Siz hozir norasmiy kelishuv haqida gapirapsiz, ammo bu NATO bo‘yicha hamkorlarning deyarli rasmiy pozitsiyasi. Biz Ukrainaga o‘zini himoya qilishda yordam berapmiz, lekin Rossiya bilan urushmoqchi emasmiz”, - degan Makron ukrainalik jurnalistlar bilan bo‘lgan suhbat chog‘ida.

Fransiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Kiyev ushbu kelishuvlardan xabardor.
Kecha Germaniya kansleri Olaf Shols, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Ruminiya prezidenti Klaus Yoxannis va Italiya bosh vaziri Mario Dragi Ukrainaga bordi. U yerda Vladimir Zelenskiy bilan uchrashdi.
Ukrainaga qurol yetkazib berilayotgani uchun Rossiya barcha davlatlarga, jumladan, AQShga nota yuborgan. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Kiyevga atalgan qurol ortilgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini aytgan.
Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “o‘t bilan o‘ynashmoqda”. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, Kiyevga G‘arbdan qurol-yarog‘ yetkazib berish Rossiya-Ukraina muzokaralari muvaffaqiyatiga hissa qo‘shmaydi, balki salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Yangiliklar lentasi
0