Dam olish kunlarida qanday ob-havo kutilyapti?

© unsplash.com/Nodir KhalilovGora Kungurbuka
Gora Kungurbuka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.06.2022
Obuna bo‘lish
Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi ehtimoli bor.
TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida quruq hamda biroz issiq ob-havo kuzatiladi, deb xabar berdi "O‘zgidromet".
Qayd etilishicha, 17–19 iyun kunlari faqat Toshkent viloyatida, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, shuningdek respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Ushbu kunlarda harorat foni o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan yuqori bo‘ladi va 34-39° ni tashkil etadi. Bugun janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda harorat 40-42° darajagacha ko‘tariladi.
Yangiliklar lentasi
0