Transplantatsiya shartlarini buzganlar javobgarlikka tortiladi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishXirurgi vo vremya operatsii
Xirurgi vo vremya operatsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2022
Obuna bo‘lish
Inson a’zolari va to‘qimalarini olish maqsadida odam o‘g‘irlaganlik yoki odam savdosi bilan shug‘ullanganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Transplantatsiya sohasida qonunchilik normalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanmoqda.
Senatorlar yalpi majlisda “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunni muhokama qilishdi.
Aytilishicha, “Inson a’zolari va to‘qimalarining transplantatsiyasi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingandan so‘ng ko‘plab fuqarolardan buyrak va jigar transplantatsiyasi masalasida murojaatlar kelib tushgan.
Ushbu hujjatda transplantatsiya sohasida qonunchilik normalarini buzganlik uchun Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga, shuningdek, “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi hamda “Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.
Unga ko‘ra quyidagi holatlarda javobgarlik belgilanmoqda:
inson a’zolari va to‘qimalarini olish, transplantatsiya qilishning belgilangan shartlari hamda tartibini buzganlik;
vafot etgan odamning a’zolarini yoki to‘qimalarini u tirikligida uning roziligini olmay turib, ilmiy yoki ta’lim maqsadlarida buzilmaydigan holda saqlash uchun olganlik;
inson a’zolarining va to‘qimalarining oldi-sotdisi bilan shug‘ullaganlik;
insonning transplantatsiya qilinadigan a’zolarini va to‘qimalarini mamlakat tashqariga olib chiqqanlik.
Qolayersa, ko‘pchilikni xavotirga solayotgan inson a’zolari va to‘qimalarini olish maqsadida odam o‘g‘irlaganlik yoki odam savdosi bilan shug‘ullanganlik uchun ham javobgarlik belgilanmoqda.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Eslatib o‘tamiz, prezident tomonidan imzolangan O‘RQ-768-sonli qonunga ko‘ra, inson a’zolarini yoki to‘qimalarini uning murdasidan olishga uning tiriklik chog‘idagi notarial tartibda tasdiqlangan yozma roziligi mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.
Yangiliklar lentasi
0