Samarqandda “Damas” urib yuborgan 9 yoshli bola vafot etdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPeshexodniy perexod v Tashkente
Peshexodniy perexod v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2022
Obuna bo‘lish
“Damas” haydovchisi 2013-yilda tug‘ilgan piyodani yo‘lni kesib o‘tayotgan vaqtida urib yuborgan. Natijada jabrlanuvchi kasalxonada vafot etgan.
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida “Damas” haydovchisi voyaga yetmagan bolani urib yubordi.
Viloyat IIB axborot xizmati rahbari bergan ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi 24-may tumanning “Samarqand” MFY hududidan o‘tuvchi ichki yo‘lda ro‘y bergan.
“Damas” haydovchisi B.B. 2013-yilda tug‘ilgan piyoda T.J.ni yo‘lni kesib o‘tayotgan vaqtida urib yuborgan. Oqibatda, T.J. tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan muolajalarga qaramay jabrlanuvchi vafot etgan.
Haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘lishiga sabab bo‘lgan transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati va ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
"Shu o‘rinda barcha haydovchilarga murojaat qilib, tezlikni belgilangan meyoridan oshirmasliklarini, yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishlarini so‘raymiz!" - deyiladi xabarda.
Samarqandda yo‘ldan o‘tayotgan 4 yoshli qizchani mashina urib yubordi
Yangiliklar lentasi
0