Kichik tadbirkorlarga bir qator moliyaviy yordam ko‘rsatiladi

© Sputnik / Zafar XalilovSum
Sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.06.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda kichik tadbirkorlarga bir qator moliyaviy yordamlar ko‘rsatilishi belgilandi.
TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda kichik tadbirkorlarga moliyaviy yordamlar ko‘rsatiladi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyev 9-iyun kuni imzolagan “Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonda belgilangan.
Farmonga ko‘ra, 2022-yil 1-iyuldan Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan kichik tadbirkorlar loyihalariga banklarning 5 milliard so‘mdan, foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kredit va lizinglari bo‘yicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq asosiy stavkaning 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun 3-yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi.
Jamg‘arma tomonidan tijorat banklari kreditlariga kafillik:
kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga ajratiladigan kreditlarning 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda;
2025 yil 1-yanvargacha olis va borish qiyin bo‘lgan, shuningdek, mehnat resurslari ortiqcha hududlardagi kooperatsiya asosida kichik biznesni va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish uchun mahallalarga biriktirilgan yetakchi kichik tadbirkorlik subyektlariga, bundan tashqari, kasanachilikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarga ajratiladigan kreditlarning 75 foizigacha (75 foizi ham kiradi), biroq umumiy qiymati 2,5 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda taqdim etiladi.
Jamg‘arma kichik tadbirkorlik subyektlariga kompensatsiya va kafillik banklarning faqat milliy valyutadagi kredit va lizinglari uchun beradi.
Moliyaviy yordamlar bitta tadbirkorning faqat bitta loyihasiga tatbiq etiladi hamda tadbirkor shartnoma amal qilgan kredit bo‘yicha qarzdorlik to‘liq qaytarilganda, moliyaviy yordam olish uchun Jamg‘armaga takroran murojaat qilishga haqli bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0