https://oz.sputniknews.uz/20220612/rossiyada-sudlanganlarning-taksi-va-jamoat-transportida-ishlashi-taqiqlandi-25237724.html
Rossiyada sudlanganlarning taksi va jamoat transportida ishlashi taqiqlandi
Rossiyada sudlanganlarning taksi va jamoat transportida ishlashi taqiqlandi
Sputnik O‘zbekiston
Qonun bilan taksida quyidagi jinoyatlar uchun sudlanganlik holati tugallanmagan bo‘lsa, ishlash taqiqlanadi: qotillik, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, odam o‘g‘irlash, talonchilik, bosqinchilik
2022-06-12T12:45+0500
2022-06-12T12:45+0500
2022-06-12T12:45+0500
rossiya
taksi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/0c/25237416_0:122:3211:1928_1920x0_80_0_0_da5c7014ac30a1d5bcceb2bacbda7109.jpg
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin sudlanganlik holati bo‘lgan shaxslarning taksi va jamoat transportida ishlashini taqiqlashni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Hujjat 11-iyun kuni rasmiy huquqiy axborotlar portalida chop qilingan. Qonun bilan taksida quyidagi jinoyatlar uchun sudlanganlik holati tugallanmagan bo‘lsa, ishlash taqiqlanadi: qotillik, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, odam o‘g‘irlash, talonchilik, bosqinchilik, jinsiy daxlsizlik va shaxsning jinsiy erkinligiga qarshi, jamiyat xavfsizligiga qarshi, konstitutsiyaviy tuzim va davlat xavfsizligiga qarshi, insoniyat tinchligi va xavfsizligiga qarshi jinoyatlar. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlarida – Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda ham sodir etilgan jinoyatlar inobatga olinadi.Quyidagi moddalar bo‘yicha sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmaganlar avtobus, tramvay va trolleybus haydovchilari bo‘la olishmaydi: jamiyat xavfsizligiga qarshi, konstitutsiyaviy tuzim va davlat xavfsizligiga qarshi, insoniyat tinchligi va xavfsizligiga qarshi jinoyatlar.Qonun 2023-yil 1-martdan kuchga kiradi.Rossiya qonunchiligiga binoan og‘ir jinoyatlar uchun sudlanganlik jazo muddati o‘talgandan so‘ng sakkiz yil o‘tib, o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun esa 10-yil o‘tib tugallanadi. Bu haqda sudning tegishli qarori qabul qilinadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/0c/25237416_239:0:2970:2048_1920x0_80_0_0_5b106916346d6feed8166a13324fce3b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya taksi ishlash taqiq sudlanganlik
rossiya taksi ishlash taqiq sudlanganlik
Rossiyada sudlanganlarning taksi va jamoat transportida ishlashi taqiqlandi
Yangi qonunga ko‘ra, taksida ayrim jinoyatlar uchun sudlanganlik holati tugallanmaganlar ishlay olishmaydi.
TOShKENT, 12-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin sudlanganlik holati bo‘lgan shaxslarning taksi va jamoat transportida ishlashini taqiqlashni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Hujjat 11-iyun kuni rasmiy huquqiy axborotlar portalida
chop qilingan. Qonun bilan taksida quyidagi jinoyatlar uchun sudlanganlik holati tugallanmagan bo‘lsa, ishlash taqiqlanadi: qotillik, qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish, odam o‘g‘irlash, talonchilik, bosqinchilik, jinsiy daxlsizlik va shaxsning jinsiy erkinligiga qarshi, jamiyat xavfsizligiga qarshi, konstitutsiyaviy tuzim va davlat xavfsizligiga qarshi, insoniyat tinchligi va xavfsizligiga qarshi jinoyatlar. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlarida – Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘izistonda ham sodir etilgan jinoyatlar inobatga olinadi.
Quyidagi moddalar bo‘yicha sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmaganlar avtobus, tramvay va trolleybus haydovchilari bo‘la olishmaydi: jamiyat xavfsizligiga qarshi, konstitutsiyaviy tuzim va davlat xavfsizligiga qarshi, insoniyat tinchligi va xavfsizligiga qarshi jinoyatlar.
Qonun 2023-yil 1-martdan kuchga kiradi.
Rossiya qonunchiligiga binoan og‘ir jinoyatlar uchun sudlanganlik jazo muddati o‘talgandan so‘ng sakkiz yil o‘tib, o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun esa 10-yil o‘tib tugallanadi. Bu haqda sudning tegishli qarori qabul qilinadi.