https://oz.sputniknews.uz/20220611/rossiya-jahon-sayyohlik-tashkilotidan-chiqishini-elon-qildi-25221071.html
Rossiya Jahon sayyohlik tashkilotidan chiqishini e’lon qildi
Rossiya Jahon sayyohlik tashkilotidan chiqishini e’lon qildi
Sputnik O‘zbekiston
Mariya Zaxarova aprel oyida BMT huzuridagi Jahon Sayyohlik tashkilotining faoliyatini siyosiylashgan va ayrim davlatlar undan Rossiyaga zarar yetkazish maqsadida... 11.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-11T12:03+0500
2022-06-11T12:03+0500
2022-06-11T12:03+0500
rossiya
turizm
bmt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/05/22564419_0:198:2939:1851_1920x0_80_0_0_9a76b21b083ba83e0c7449a9d5355f0b.jpg
TOShKENT, 10-iyun - Sputnik. Rossiya Hukumati Tashqi ishlar vazirligining Jahon sayyohlik tashkilotidan chiqishi haqidagi taklifini qabul qildi. Tegishli buyruq juma kuni rasmiy huquqiy axborot portalida e’lon qilindi.Ma’lumot uchun 27-aprel kuni Rossiya BMT huzuridagi Jahon Sayyohlik tashkiloti faoliyati siyosiylashgani sababli tashkilot tarkibidan chiqish niyati borligini ma’lum qilgan edi. O‘sha kuni JST Bosh Assambleyasi navbatdan tashqari yig‘ilishida “Ukrainada davom etayotgan harbiy hujum munosabati bilan” Rossiyaning a’zoligini to‘xtatishga qaror qildi. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova bu qarorni “siyosiy ikkiyuzlamachilik namunasi” deb atadi va G‘arb davlatlari bu tashkilotdan o‘z manfaatlari yo‘lida, jumladan, Rossiya Federatsiyasini kamsitish maqsadida foydalanishini ta’kidladi.Eslatib o‘tamiz, Rossiya SSSRning huquqiy vorisi sifatida 1991-yildan beri JSTda ishtirok etib kelayotgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/02/05/22564419_105:0:2834:2047_1920x0_80_0_0_2752d3857dd8c3829f7c0a247a56ea0b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, turizm, bmt
Rossiya Jahon sayyohlik tashkilotidan chiqishini e’lon qildi
Mariya Zaxarova aprel oyida BMT huzuridagi Jahon Sayyohlik tashkilotining faoliyatini siyosiylashgan va ayrim davlatlar undan Rossiyaga zarar yetkazish maqsadida foydalanmoqda degan edi.
TOShKENT, 10-iyun - Sputnik. Rossiya Hukumati Tashqi ishlar vazirligining Jahon sayyohlik tashkilotidan chiqishi haqidagi taklifini qabul qildi. Tegishli buyruq juma kuni rasmiy huquqiy axborot portalida e’lon qilindi.
"Rossiya Federatsiyasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida"gi federal qonunning 36-moddasiga muvofiq Rossiya Tashqi ishlar vazirligining manfaatdor federal ijroiya organlari bilan kelishilgan Rossiya Federatsiyasining Jahon sayyohlik tashkiloti tarkibidan chiqishi to‘g‘risidagi taklifini qabul qilish; ", deyiladi hujjatda.
Ma’lumot uchun 27-aprel kuni Rossiya BMT huzuridagi Jahon Sayyohlik tashkiloti faoliyati siyosiylashgani sababli tashkilot tarkibidan chiqish niyati borligini ma’lum qilgan edi.
O‘sha kuni JST Bosh Assambleyasi navbatdan tashqari yig‘ilishida “Ukrainada davom etayotgan harbiy hujum munosabati bilan” Rossiyaning a’zoligini to‘xtatishga qaror qildi. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova bu qarorni “siyosiy ikkiyuzlamachilik namunasi” deb atadi va G‘arb davlatlari bu tashkilotdan o‘z manfaatlari yo‘lida, jumladan, Rossiya Federatsiyasini kamsitish maqsadida foydalanishini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya SSSRning huquqiy vorisi sifatida 1991-yildan beri JSTda ishtirok etib kelayotgan edi.