"Azimut" aviakompaniyasi ilk bor Navoiyga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

© Uzbekistan AirportsPerviy polet aviakompanii "Azimut" v gorod Navoi
Perviy polet aviakompanii Azimut v gorod Navoi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.06.2022
Obuna bo‘lish
Aviaparvozlar "Moskva — Navoiy — Moskva" yo‘nalishida haftaga bir marotaba amalga oshiriladi.
TOShKENT 11-iyun - Sputnik. Rossiyaning "Azimut" aviakompaniyasi ilk bor Navoiyga muntazam reyslarni amalga oshirishni boshladi, deb xabar qilmoqda Uzbekistan Airports.
Rossiyaning "Azimut" aviakompaniyasining samolyoti 11-iyun kuni soat 02.00 da bortida yuz nafar yo‘lovchi bilan Navoiy xalqaro aeroportiga qo‘ndi. An’anaga ko‘ra, samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi.
Bu "Azimut" aviakompaniyasining Moskva — Navoiy — Moskva yo‘nalishi bo‘yicha birinchi yo‘lovchi reysi bo‘ldi. Reyslar "Vnukovo" aeroportidan muntazam ravishda SSJ-100 samolyotlarida haftasiga bir marta juma kunlari amalga oshiriladi.
"Azimut" — Krasnodarda va Rostov-na-Donuda joylashgan Rossiya aviakompaniyasidir.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya 14-iyundan boshlab Rossiya hududiga kairib kelayotgan xorijiy fuqarolar uchun koronavirus bilan bog‘liq barcha cheklovlarni bekor qilishini e’lon qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0