Terma jamoaning yubiley matchi

Obuna bo‘lish
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z maydonida 100 - yubiley uchrashuvini o‘tkazdi. Terma jamoaning jami o‘yinlari soni hamda natijalari bilan infografikamizga qarang.
Osiyo Kubogi—2023 saralash bosqichi doirasidagi O‘zbekiston hamda Shri-Lanka terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv ikkinchisining yirik hisobdagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi. O‘zbekistonliklar raqib darvozasiga javobsiz uchta to‘p kiritishdi – 3:0.
Ushbu g‘alabali uchrashuv milliy terma jamoaning o‘z maydonidagi yubiley, 100-o‘yini bo‘ldi, deb yozadi sport mutaxassisi, 2022-yilgi jahon chempioni tashkiliy qo‘mitasi xodimi Alisher Nikimbayev o‘zining Futbolium Telegram-kanalida.
Umuman olganda, 1994-yilning aprel oyidan buyon o‘yinlar FIFA reytingiga kiritila boshlangan paytdan boshlab O‘zbekiston terma jamoasi 291 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, shundan 111 tasi raqiblar maydonida, 80 tasi neytral maydonda bo‘lib o‘tgan.
G‘alabalar va mag‘lubiyatlar haqida - bizning infografikamizda.
Yangiliklar lentasi
0