O‘zbekistonga eng ko‘p kir yuvish mashinalari Rossiyadan import qilingan

© Sputnik / Sergey Venyavskiy / Mediabankka o‘tishProdaja bitovoy texniki
Prodaja bitovoy texniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.06.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya mamlakatga 4 oy davomida 64 mingta mahsulot sotgan.
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. O‘zbekistonga 4 oy mobaynida Rossiyadan 64 ming dona kir yuvish mashinasi import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Yanvar-aprel oylarida xorijdan qiymati 21,4 mln dollarga teng bo‘lgan 109,9 ming dona kir yuvish mashinasi import qilingan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 33,6 ming donaga ko‘p.
O‘zbekiston 4 oy mobaynida 16 ta davlatdan kir yuvish mashinasini import qilgan. Rossiya mamlakatga eng ko‘p mahsulotni yetkazib berayotgan davlatga aylandi.
Import qilgan davlatlar:
Rossiya – 64 ming dona
Xitoy – 21,5 ming dona
Qirg‘iziston – 21,3 ming dona
Turkiya – 1,7 ming dona
Moldova – 800 dona
Belarus – 312 dona
Ukraina – 109 dona
Italiya – 39 dona
Aytish joizki, O‘zbekistonda maishiy texnika, jumaladan kir yuvish mashinalari ishlab chiqarish ham yetarli miqdorda yo‘lga qo‘ilgan bo‘lib, aholi ehtiyojining katta qismini mahalliy kir yuvish mashinalari bilan qondirilmoqda.
Statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra 2021-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston sanoat korxonalari tomonidan 419,2 mingta kir yuvish mashinalari ishlab chiqarilgan.
Yangiliklar lentasi
0