https://oz.sputniknews.uz/20220606/galla-etishtiruvchilardan-ortiqcha-don-talab-qilish-taqiqlanadi---bosh-prokuratura-25054852.html
G‘alla yetishtiruvchilardan ortiqcha don talab qilish taqiqlanadi - Bosh prokuratura
G‘alla yetishtiruvchilardan ortiqcha don talab qilish taqiqlanadi - Bosh prokuratura
Sputnik O‘zbekiston
O‘rim mavsumi boshidan buyon 170 ming tonnadan ortiq g‘alla don korxonalariga topshirilgan. 06.06.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-06-06T12:15+0500
2022-06-06T12:15+0500
2022-06-06T12:15+0500
jamiyat
bug‘doy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1413/89/14138963_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_170bf0efd85a5ca65981546931cc0c32.jpg
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda g‘alla yetishtiruvchilardan rejadan tashqari don talab qilish taqiqlanadi. Ushbu jarayon prokuratura xodimlari tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i Murodilla Abduhakimov ma’lum qildi.Unga ko‘ra, o‘rim mavsumi boshidan buyon 170 ming tonnadan ortiq g‘alla don korxonalariga topshirilgan. G‘allaning bir kilogrammi dastlabki narx sifatida 3 ming so‘mdan qabul qilinmoqda. Kelgusida birja narxlaridan kelib chiqqan holda, ushbu narxga yana qo‘shimcha haq to‘lab beriladi.Hozirga qadar, g‘alla yetishtiruvchilarga 146 mlrd so‘mlik mablag‘ to‘lab berilgan.Bundan tashqari, o‘tgan yillardan qolgan don qoldig‘i to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, ikkita don korxonasida aniqlangan kamomad bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.Avvalroq, Qishloq xo‘jaligi vazirligi g‘alla o‘rim-yig‘im ishlari boshlangani haqida xabar bergan edi.Ma’lumot uchun, bu yil respublikada 1 mln 32 ming gektar sug‘oriladigan maydonlarda boshoqli don ekildi. Ushbu maydonlardan 7,8 mln tonna yoki o‘tgan yilga nisbatan qo‘shimcha 1,1 mln tonna ko‘p don hosilini yetishtirish kutilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1413/89/14138963_424:0:2692:1701_1920x0_80_0_0_6251a75e6c1f22a1a5679eaadd26fb42.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, bug‘doy
G‘alla yetishtiruvchilardan ortiqcha don talab qilish taqiqlanadi - Bosh prokuratura
O‘rim mavsumi boshidan buyon 170 ming tonnadan ortiq g‘alla don korxonalariga topshirilgan.
TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda g‘alla yetishtiruvchilardan rejadan tashqari don talab qilish taqiqlanadi. Ushbu jarayon prokuratura xodimlari tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan
brifingda Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i Murodilla Abduhakimov ma’lum qildi.
“G‘alla yetishtiruvchilardan rejadan tashqari ortiqcha umuman don talab qilinishiga to‘liq chek qo‘yilib, ushbu jarayon prokuratura xodimlari tomonidan to‘liq nazoratga olindi”, - deya ta’kidladi Abduhakimov.
Unga ko‘ra, o‘rim mavsumi boshidan buyon 170 ming tonnadan ortiq g‘alla don korxonalariga topshirilgan. G‘allaning bir kilogrammi dastlabki narx sifatida 3 ming so‘mdan qabul qilinmoqda. Kelgusida birja narxlaridan kelib chiqqan holda, ushbu narxga yana qo‘shimcha haq to‘lab beriladi.
Hozirga qadar, g‘alla yetishtiruvchilarga 146 mlrd so‘mlik mablag‘ to‘lab berilgan.
Bundan tashqari, o‘tgan yillardan qolgan don qoldig‘i to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, ikkita don korxonasida aniqlangan kamomad bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq, Qishloq xo‘jaligi vazirligi g‘alla o‘rim-yig‘im ishlari boshlangani haqida
xabar bergan edi.Ma’lumot uchun, bu yil respublikada 1 mln 32 ming gektar sug‘oriladigan maydonlarda boshoqli don ekildi. Ushbu maydonlardan 7,8 mln tonna yoki o‘tgan yilga nisbatan qo‘shimcha 1,1 mln tonna ko‘p don hosilini yetishtirish kutilmoqda.