Emomali Rahmonning O‘zbekistonga tashrifi qanday o‘tdi – video

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Tadjikistana Raxmon Emomali pribil v Uzbekistan
Prezident Tadjikistana Raxmon Emomali pribil v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.06.2022
Obuna bo‘lish
2 iyun kuni O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari tor va keng doirada uchrashuvlar o‘tkazdilar.
TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 2-iyun kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi.
O‘zbekiston va Tojikiston yetakchilari tor va keng doirada uchrashuvlar o‘tkazdilar.
“O‘zbekiston xalqi birodar tojik xalqi bilan tarix, madaniy-ma’naviy meros va ajdodlarimizning ezgu an’analari mushtarakligiga asoslangan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini qadrlaydi. Yorug‘ kunlarda ham, sinovli damlarda ham biz doimo yelkama-yelka turganmiz, bir-birimizni qo‘llab-quvvatlaganmiz”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Muzokaralarda ko‘plab kelishuvlarga erishildi, ikki tomonlama munosabatlarni ittifoqchilik darajasiga ko‘tarish to‘g‘risida tarixiy qaror qabul qilindi.
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon tarixiy ahamiyatga ega Abadiy do‘stlikni mustahkamlash va ittifoqchilik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladilar.
- Aynan shu tufayli bugun chinakam tarixiy ahamiyatga ega qaror qabul qilindi. Biz Abadiy do‘stlikni mustahkamlash va ittifoqchilik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladik, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
- O‘zbekiston prezidenti mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan shaxsiy hissasini Tojikistonda juda qadrlashadi. Joriy yil oktabr oyida Tojikiston va O‘zbekiston diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining o‘ttiz yilligini nishonlaydilar. Ahamiyatlisi, biz uchun muhim bo‘lgan aynan shu yilda munosabatlarimizni ittifoqchilik darajasiga ko‘tarish bo‘yicha tarixiy qaror qabul qildik, - dedi Emomali Rahmon.
Bundan tashqari, hukumatlar, vazirlik va idoralar darajasida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Tojikiston hamkorligini yanada kengaytirishga qaratilgan 11 ta hujjat imzolandi.
Tojikiston prezidentining tashrifi doirasida Zarafshon darosida Yavan GES qurilishini boshlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon ramziy tugmani bosib, qurilishga start berdilar.
Emomali Rahmon prezident Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Toshkent shahridagi Texnoparkka tashrif buyurdi.
Davlat rahbarlarining samimiy muloqoti 3-iyun kuni Xorazmda davom etdi.
Tojikiston rahbari Emomali Rahmon prezident Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Urganch shahridagi "UzXCMG" korxonasiga tashrif buyurdi.
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Xiva gilam kombinatida bo‘ldi.
Tojikiston prezidenti davlat rahbari hamrohligida Ichan qal’adagi tarixiy obidalarni ziyorat qildi.
Yangiliklar lentasi
0