O‘zbekistonda g‘alla o‘rim-yig‘im ishlari boshlandi

© Sputnik / Artem Kreminskiy / Mediabankka o‘tishUborka zernovix.
Uborka zernovix. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.06.2022
Obuna bo‘lish
Bu yil respublika bo‘yicha 7,8 mln tonna don hosilini yetishtirish kutilmoqda.
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda g‘alla o‘rim-yig‘im ishlari boshlandi, deb xabar qilmoqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi.
“Yetishtirilgan g‘alla hosilini qisqa muddatlarda sifatli o‘rib-yig‘ib olish maqsadida respublikada 2 ming 633 ta g‘alla o‘rish otradlari tashkil etildi”, deyiladi xabarda.
G‘alla o‘rim-yig‘im ishlari hosilning pishish holatidan kelib chiqib quyilani muddatlarda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan:
25 maydan - Surxondaryo viloyatida;
1–5 iyundan - Qashqadaryo, Buxoro va Navoiy viloyatlarida;
6–10 iyundan - Andijon, Jizzax, Samarqand, Namangan, Sirdaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida;
11–15 iyundan - Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida g‘alla o‘rim-yig‘im ishlari olib boriladi.
Mazkur otradlarga 3382 ta yuqori unumli g‘alla o‘rish kombayni, 13675 ta yuk avtomobillari, 1498 ta traktor tirkamasi, 1374 ta ko‘chma ustaxona va 1425 ta yonilg‘i qo‘yish shahobchalari biriktirilgan.
O‘rim-yig‘im ishlariga jalb etilayotgan kombaynlar bilan 25-30 kunda g‘allani to‘liq o‘rib olish imkoniyati mavjud.
Ma’lumot uchun, bu yil respublikada 1 mln 32 ming gektar sug‘oriladigan maydonlarda boshoqli don ekildi. Ushbu maydonlardan 7,8 mln tonna yoki o‘tgan yilga nisbatan qo‘shimcha 1,1 mln tonna ko‘p don hosilini yetishtirish kutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0