O‘zbekistonliklar o‘z farzandlariga eng ko‘p qaysi ismni qo‘yishmoqda

© Sputnik / Pavel Lvov / Mediabankka o‘tishNovorojdenniy rebenok v roddome
Novorojdenniy rebenok v roddome - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.06.2022
Obuna bo‘lish
Yanvar-may oylarida yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga Muhammadali va Soliha ismlari eng ko‘p qo‘yilgan.
TOShKENT, 1-iyun - Sputnik. 2022 yilning yanvar-may oylari davomida O‘zbekistonda yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga eng ko‘p Soliha va Muhammadali ismlari qo‘yildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, 2022-yilning o‘tgan besh oyida 9929 nafar qizga Soliha va 9567 nafar o‘g‘il bolaga Muhammadali ismi berilgan.
Qayd etish joizki, O‘zbekistonda Soliha va Muhammadali 2019 va 2020 yillarda ham eng mashhur ismlar bo‘lgan. 2021-yilning birinchi choragida ham yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga eng ko‘p Soliha va Muhammadali ismlari berilgandi.
Bundan tashqari, 2018 yilda chaqaloqlarga asosan Mustafo va Soliha ismlari berilgan. 2017-yilda esa chaqaloqlarga qo‘yilgan eng ommaviy ismlar – Madina va Azizbek bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0