Ayrim toifadagilarga bir martalik yordam puli berilishi xabaridan so‘ng firibgarlar faollashdi

© PixabayChelovek v naruchnikax i klaviatura
Chelovek v naruchnikax i klaviatura - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.05.2022
Obuna bo‘lish
Firibgarlar bank kartalariga egalariga to‘lovni olishlari uchun SMS-kodni tasdiqlashn taklif qilib, ular kartalaridagi pulni yechib olishga urinishmoqda.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Uzcard prezident Shavkat Mirziyoyevning aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga bir martalik yordam puli berish to‘g‘risidagi qarori e’lon qilinganidan so‘ng firibgarlar faollashganidan ogohlantirdi.
Qayd etilishicha, firibgarlar fuqarolardan turli xil havolalarga o‘tib, o‘z kartalariga bu to‘lovni olishlari uchun SMS-kodni tasdiqlashni taklif qilishmoqda.
Kompaniya qarorda gap bir martalik yordam haqida borganini ta’kidlagan.
“To‘lovlar fuqarolardan qo‘shimcha ma’lumot talab qilmasdan, avtomatik tarzda amalga oshiriladi - xuddi pensiya va nafaqalar odatda to‘lanadigani kabi”, - deyilgan xabarda.
Uzcard foydalanuvchilaridan hushor bo‘lish va faqat rasmiy axborot manbalarga ishonishni so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, prezidentning 25-maydagi qarori bilan yoshga doir, nogironlik pensiyasi va nafaqasini oluvchilarga, bolalikdan nogironlik nafaqasini hamda boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini va nafaqasini oluvchi har bir oila a’zosiga hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishlash nafaqasini oluvchilarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 300 ming so‘mdan, Toshkent shahrida 400 ming so‘mdan bir martalik yordam puli berish belgilangan.
Shuningdek, "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimi orqali kam ta’minlangan sifatida moddiy yordam oluvchi oilalarga hamda kam ta’minlangan sifatida bolalar nafaqasini oluvchi oilalarning har bir 18 yoshga to‘lmagan bolasiga 200 ming so‘mdan to‘lanadi.
Yangiliklar lentasi
0