Xitoy Yevropadagi oziq-ovqat inqirozi sabablarini aytdi

© Sputnik / Vitaliy TimkivUborka urojaya
Uborka urojaya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.05.2022
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, hozir o‘g‘it va uning savdosi bilan bog‘liq muammo hal etilmasa, kelgusi yili dunyo oziq-ovqat tanqisligini sezadi.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Ukrainadagi vaziyat va G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalari Yevropadagi eng yirik oziq-ovqat inqirozini keltirib chiqardi, deya yozadi Xitoyning "Sinxua" nashri.
Ta’kidlanishicha, hozir Rossiya va Belarusdan o‘g‘it sotib olish cheklangan. Shuningdek, Rossiya va Ukraina hududidan g‘alla va makkajo‘xori eksporti to‘xtatib qo‘yilgan. Shu bois narxlar osmonga chiqib ketgan.
BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti bosh iqtisodchisi Maksimo Torreyroning so‘zlariga ko‘ra, agar hozir o‘g‘it va uning savdosi bilan bog‘liq muammo hal etilmasa, kelgusi yili dunyo oziq-ovqat bilan ta’minlashning juda jiddiy muammosiga duch keladi.
Avvalroq Rossiya Xavfsizligi kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Rossiyaga qarshi G‘arb sanksiyalari dunyoda energetika, logistika, oziq-ovqat va boshqa inqirozlarni keltirib chiqarishi mumkinligidan ogohlantirgan edi.
Yangiliklar lentasi
0