https://oz.sputniknews.uz/20220525/toshkentda-ogir-atletika-boyicha-osiyo-chempionati-otkaziladi-24797782.html
Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkaziladi
Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkaziladi
Sputnik O‘zbekiston
Musobaqada O‘zbekiston nomidan 40dan ziyod sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda. 25.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-25T16:44+0500
2022-05-25T16:44+0500
2022-05-25T16:44+0500
sport
og‘ir atletika
toshkent
musobaqa
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1099/58/10995815_0:178:2907:1813_1920x0_80_0_0_9fd4cb3f27e8b27c9ebc0088723c5c29.jpg
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Toshkent shahri 15−25 iyul kunlari og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida qit’a chempionatiga mezbonlik qiladi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. Qayd etilishicha, seshanba kuni Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi Toshkentda o‘tadigan chempionatda ishtirok etuvchi sportchilar to‘g‘risidagi talabnomalar muddati yakunlanganini e’lon qilgan.Qayd etilishicha, 24-may kuni Osiyo chempionatini o‘tkazish tashkiliy qo‘mitasi musobaqa logotipini ham e’lon qilgan.Ma’lumot uchun, Gretsiyada bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik Tursunoy Jabborova -87 kg vazn toifasida dast ko‘tarish va siltab ko‘tarish mashqlarida oltin medalni qo‘lga kiritib, umumiy 238 kg natija bilan Jahon chempioni bo‘ldi va terma jamoa hisobiga uchta oltin medal olib kelgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1099/58/10995815_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_508c68076151ec355cb0a3ec2cf0cdae.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sport, og‘ir atletika, toshkent, musobaqa
sport, og‘ir atletika, toshkent, musobaqa
Toshkentda og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkaziladi
Musobaqada O‘zbekiston nomidan 40dan ziyod sportchilar ishtirok etishi kutilmoqda.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Toshkent shahri 15−25 iyul kunlari og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida qit’a chempionatiga mezbonlik qiladi. Bu haqda O‘zA
xabar berdi.
Qayd etilishicha, seshanba kuni Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi Toshkentda o‘tadigan chempionatda ishtirok etuvchi sportchilar to‘g‘risidagi talabnomalar muddati yakunlanganini e’lon qilgan.
Taqdim etilgan talabnomalarga ko‘ra, 25 ta davlatdan 400 nafardan ziyod ishtirokchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar jamlangan. Bunda yoshlar 250 nafarni, o‘smirlar 200 nafarga yaqinni tashkil etgan. O‘zbekiston ushbu chempionatda 40 nafardan ziyod sportchi bilan qatnashish bo‘yicha taqdimnoma kiritgan.
Qayd etilishicha, 24-may kuni Osiyo chempionatini o‘tkazish tashkiliy qo‘mitasi musobaqa logotipini ham e’lon qilgan.
Ma’lumot uchun, Gretsiyada bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasida og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatida o‘zbekistonlik Tursunoy Jabborova -87 kg vazn toifasida dast ko‘tarish va siltab ko‘tarish mashqlarida oltin medalni qo‘lga kiritib, umumiy 238 kg natija bilan Jahon chempioni bo‘ldi va terma jamoa hisobiga uchta oltin medal olib kelgan edi.