https://oz.sputniknews.uz/20220525/ozgidromet-ikkita-shoshilinch-xabar-bilan-murojaat-qildi-24803283.html
O‘zgidromet ikkita shoshilinch xabar bilan murojaat qildi
O‘zgidromet ikkita shoshilinch xabar bilan murojaat qildi
Sputnik O‘zbekiston
27-28 may kunlari ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida sel kelish xavfi bor. 25.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-25T19:35+0500
2022-05-25T19:35+0500
2022-05-25T19:35+0500
jamiyat
ob-havo
o‘zgidromet
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/16/24727164_0:96:1921:1176_1920x0_80_0_0_4c686f9fc8aa0d215feb71385a5c4f21.jpg
TOShKENT, 25-may — Sputnik. 26-may kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 27-28 may kunlari respublikaning barcha hududlariga Kavkaz hududlaridan nam va nisbatan salqin havo kirib keladi, deb xabar bermoqda O‘zgidromet.27-28 mayda respublika hududi bo‘yicha, 29-mayda tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 27-28 may kunlari ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.26 mayda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida, cho‘l hududlarida va janubida, 27-29 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi kutilmoqda.27 mayda O‘zbekistonning shimolida va cho‘l hududlarida, 28-mayda hududlarning katta qismida kunduzgi havo harorati +21...+26 darajagacha pasayadi.Shuningdek, 27-29 may kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzar, Koson;Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqorg‘on, Muzrobot;Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon;Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Pskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqurg‘on tumanlarida;Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalalquduk, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.“Tog‘oldi va tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, - deyilgan xabarda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/16/24727164_112:0:1807:1271_1920x0_80_0_0_eaf1f7feec9c26bb852f0fc8efb8128d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, ob-havo, o‘zgidromet
jamiyat, ob-havo, o‘zgidromet
O‘zgidromet ikkita shoshilinch xabar bilan murojaat qildi
27-28 may kunlari ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida sel kelish xavfi bor.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. 26 may kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 27-28 may kunlari respublikaning barcha hududlariga Kavkaz hududlaridan nam va nisbatan salqin havo kirib keladi, deb
xabar bermoqda O‘zgidromet.
27-28 mayda respublika hududi bo‘yicha, 29-mayda tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 27-28 may kunlari ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
26 mayda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlarida, cho‘l hududlarida va janubida, 27-29 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 18-23 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to‘zonlari kuzatilishi kutilmoqda.
27 mayda O‘zbekistonning shimolida va cho‘l hududlarida, 28-mayda hududlarning katta qismida kunduzgi havo harorati +21...+26 darajagacha pasayadi.
Shuningdek, 27-29 may kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzar, Koson;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqorg‘on, Muzrobot;
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon;
Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Pskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqurg‘on tumanlarida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalalquduk, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari
yuzaga kelishi mumkin. “Tog‘oldi va tog‘li xududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarni, dam oluvchilarni hamda tog‘li hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishlarini so‘raymiz”, - deyilgan xabarda.