https://oz.sputniknews.uz/20220525/ozbekiston-va-rossiya-togli-kurortlari-hamkorlik-borasida-kelishib-olishdi-24799982.html
O‘zbekiston va Rossiya tog‘li kurortlari hamkorlik borasida kelishib olishdi
O‘zbekiston va Rossiya tog‘li kurortlari hamkorlik borasida kelishib olishdi
Sputnik O‘zbekiston
“Amirsoy” va “Roza Xutor” dam olish maskanlari qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi, o‘zaro tajriba almashadi. 25.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-25T19:19+0500
2022-05-25T19:19+0500
2023-04-05T18:37+0500
turizm
o‘zbekiston
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1307/12/13071215_0:1:3639:2047_1920x0_80_0_0_cf8191c6d3000850cd34df1fcc48ee2e.jpg
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Toshkent viloyatidagi “Amirsoy” va Sochining “Roza Xutor” kurortlari o‘rtasida turizm sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va tajriba almashishni ko‘zda tutuvchi hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda “Roza Xutor” tog‘-chang‘i kurorti xabar berdi. “Memorandum shartlariga muvofiq, O‘zbekiston va Rossiyaning tog‘ kurortlari ma’muriyati turizm, madaniy-sog‘lomlashtirish yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun barcha mavjud mexanizmlardan foydalanadi”, - deyiladi xabarda.“Qo‘shma chegirma dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish O‘zbekiston va Rossiya kurortlarini ommalashtirishga xizmat qiladi”, - deydi “Amirsoy” MChJ QK bosh direktori Saidvali Saidxo‘jayev.Unga ko‘ra, dam olish maskanlaridan birida haftalik “Ski-pass”ni (yo‘llanma) xarid qilgan sayyohlar hamkor kurortda haftalik bepul yo‘llanmani olish huquqiga ega bo‘ladi.“Imzolangan memorandum hamkorligimizni boshlab berdi va endi biz O‘zbekiston va Rossiya sayyohlik bozorlarida yangi yo‘nalishlarni ochamiz”, deydi “Roza Xutor”ning xalqaro aloqalar va turizm bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari Sergey Xvorostaniy.Samarqand va Chelyabinsk sayyohlik kompaniyalari hamkorlikni yanada rivojlantirishadiMa’lumot uchun, “Roza Xutor” tog‘ kurorti 2014-yili Sochida bo‘lib o‘tgan XXII Olimpiya va XI Qishki Paralimpiya o‘yinlarining asosiy maskani bo‘lgan.Qish mavsumida kurort sayyohlarga umumiy uzunligi 105 kilometr bo‘lgan chang‘i yon bag‘irlarini, 32 ta ko‘targich, yozda esa tog‘ yon bag‘irlari bo‘ylab piyoda va velosport yo‘nalishlarini taklif etadi.Hammasi bo‘lib, kurortda turli yulduz reytingidagi 19 ta mehmonxona mavjud.2019 yil dekabrda Toshkentdan 70 kilometr uzoqlikdagi Bo‘stonliq tumanida “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti foydalanishga topshirilgandi. Uning birinchi bosqichdagi qurilishiga 100 mln dollar sarmoya kiritilgan.Loyiha “PGI management” kompaniyasi (Andorra) tomonidan amalga oshirilgan. Hammasi bo‘lib, kurortda turli qiyinchilikdagi 10 qiyalik bor. Ularning eng uzuni taxminan 3,5 kilometrni tashkil qiladi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1307/12/13071215_453:0:3184:2048_1920x0_80_0_0_7babe83609a0ca31a5592537d1241591.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm, o‘zbekiston, rossiya
turizm, o‘zbekiston, rossiya
O‘zbekiston va Rossiya tog‘li kurortlari hamkorlik borasida kelishib olishdi
19:19 25.05.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023) “Amirsoy” va “Roza Xutor” dam olish maskanlari qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi, o‘zaro tajriba almashadi.
TOShKENT, 25-may — Sputnik. Toshkent viloyatidagi “Amirsoy” va Sochining “Roza Xutor” kurortlari o‘rtasida turizm sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va tajriba almashishni ko‘zda tutuvchi hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda “Roza Xutor” tog‘-chang‘i kurorti
xabar berdi. “Memorandum shartlariga muvofiq, O‘zbekiston va Rossiyaning tog‘ kurortlari ma’muriyati turizm, madaniy-sog‘lomlashtirish yo‘nalishida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun barcha mavjud mexanizmlardan foydalanadi”, - deyiladi xabarda.
“Qo‘shma chegirma dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish O‘zbekiston va Rossiya kurortlarini ommalashtirishga xizmat qiladi”, - deydi “Amirsoy” MChJ QK bosh direktori Saidvali Saidxo‘jayev.
Unga ko‘ra, dam olish maskanlaridan birida haftalik “Ski-pass”ni (yo‘llanma) xarid qilgan sayyohlar hamkor kurortda haftalik bepul yo‘llanmani olish huquqiga ega bo‘ladi.
“Imzolangan memorandum hamkorligimizni boshlab berdi va endi biz O‘zbekiston va Rossiya sayyohlik bozorlarida yangi yo‘nalishlarni ochamiz”, deydi “Roza Xutor”ning xalqaro aloqalar va turizm bo‘yicha bosh direktor o‘rinbosari Sergey Xvorostaniy.
Ma’lumot uchun, “Roza Xutor” tog‘ kurorti 2014-yili Sochida bo‘lib o‘tgan XXII Olimpiya va XI Qishki Paralimpiya o‘yinlarining asosiy maskani bo‘lgan.
Qish mavsumida kurort sayyohlarga umumiy uzunligi 105 kilometr bo‘lgan chang‘i yon bag‘irlarini, 32 ta ko‘targich, yozda esa tog‘ yon bag‘irlari bo‘ylab piyoda va velosport yo‘nalishlarini taklif etadi.
Hammasi bo‘lib, kurortda turli yulduz reytingidagi 19 ta mehmonxona mavjud.
2019 yil dekabrda Toshkentdan 70 kilometr uzoqlikdagi Bo‘stonliq tumanida “Amirsoy” tog‘-chang‘i kurorti foydalanishga
topshirilgandi. Uning birinchi bosqichdagi qurilishiga 100 mln dollar sarmoya kiritilgan.
Loyiha “PGI management” kompaniyasi (Andorra) tomonidan amalga oshirilgan. Hammasi bo‘lib, kurortda turli qiyinchilikdagi 10 qiyalik bor. Ularning eng uzuni taxminan 3,5 kilometrni tashkil qiladi.