https://oz.sputniknews.uz/20220523/medinskiy-ukrainani-muzokaralarni-toxtatib-qoyishda-aybladi-24734751.html
Medinskiy Ukrainani muzokaralarni to‘xtatib qo‘yishda aybladi
Medinskiy Ukrainani muzokaralarni to‘xtatib qo‘yishda aybladi
Sputnik O‘zbekiston
Medinskiy: Rossiya Ukraina bilan muzokaralarni davom ettirishga tayyor, ularni to‘xtatib qo‘yish Kiyev tomonidan bildirilmoqda. 23.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-23T09:51+0500
2022-05-23T09:51+0500
2023-04-05T18:37+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
ukraina
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/1d/23637869_0:47:2486:1445_1920x0_80_0_0_84f9dab26be31d0ebc573e42b037b102.jpg
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Moskva va Kiyev o‘rtasidagi muzokaralar jarayonini to‘xtatib qo‘yish Ukraina tashabbusi bo‘lgan. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi va Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy Belarusning ONT telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.U Rossiya yuqori darajadagi muloqotdan hech qachon bosh tortmaganini ta’kidladi.Uning fikricha, Rossiya yetakchisi va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “shunchaki suratga tushish uchun emas”, balki yakuniy kelishuvlarga erishish va aniq bir bitimlarni imzolash uchun uchrashishlari kerak.Medinskiy bir oy oldin Rossiya tomoni Kiyevga unda qator asosiy pozitsiyalar kelishilgan shartnoma loyihasini topshirganini qo‘shimcha qildi.“Biz yana oldinga siljishni rejalashtirgandik. Ammo o‘sha paytdan buyon Ukraina tomonidan muloqotni davom ettirishga bo‘lgan intilish yo‘q. Ular hatto o‘zlari tomondan muvofiqlashtirilgan shartnoma loyihasini rasman tasdiqlashmadi. Ular hech qayoqqa shoshishmayapti, chamasi. To‘p to‘liq ular tomonda”, - dedi xulosa qildi Rossiya prezidenti yordamchisi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/1d/23637869_249:0:2238:1492_1920x0_80_0_0_1ea38a5b2fbcef5ca758187fa14b72fb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
ukraina, rossiya
Medinskiy Ukrainani muzokaralarni to‘xtatib qo‘yishda aybladi
09:51 23.05.2022 (yangilandi: 18:37 05.04.2023) Medinskiy: Rossiya Ukraina bilan muzokaralarni davom ettirishga tayyor, ularni to‘xtatib qo‘yish Kiyev tomonidan bildirilmoqda.
TOShKENT, 23-may — Sputnik. Moskva va Kiyev o‘rtasidagi muzokaralar jarayonini to‘xtatib qo‘yish Ukraina tashabbusi bo‘lgan. Bu haqda Rossiya prezidenti yordamchisi va Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy Belarusning
ONT telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
U Rossiya yuqori darajadagi muloqotdan hech qachon bosh tortmaganini ta’kidladi.
“Buni Vladimir Vladimirovich Putin bir necha bor tasdiqlagan. Masala shundaki, prezidentlar o‘rtasida yuqorida darajadagi uchrashuv bo‘lib o‘tishi uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rish kerak. Ya’ni yuqori darajada tayyor bo‘lgan hujjatlar lozim”, - dedi Medinskiy. Uning so‘zlaridan RIA Novosti
iqtibos keltirgan.Uning fikricha, Rossiya yetakchisi va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy “shunchaki suratga tushish uchun emas”, balki yakuniy kelishuvlarga erishish va aniq bir bitimlarni imzolash uchun uchrashishlari kerak.
Medinskiy bir oy oldin Rossiya tomoni Kiyevga unda qator asosiy pozitsiyalar kelishilgan shartnoma loyihasini topshirganini qo‘shimcha qildi.
“Biz yana oldinga siljishni rejalashtirgandik. Ammo o‘sha paytdan buyon Ukraina tomonidan muloqotni davom ettirishga bo‘lgan intilish yo‘q. Ular hatto o‘zlari tomondan muvofiqlashtirilgan shartnoma loyihasini rasman tasdiqlashmadi. Ular hech qayoqqa shoshishmayapti, chamasi. To‘p to‘liq ular tomonda”, - dedi xulosa qildi Rossiya prezidenti yordamchisi.