Rossiya o‘z zarariga oziq-ovqat eksport qilmaydi - Medvedev

© Sputnik / Yekaterina Shtukina / Mediabankka o‘tishZampred Sovbeza RF D. Medvedev provel zasedanie Mejvedomstvennoy komissii Soveta Bezopasnosti RF po voprosam sovershenstvovaniya gosudarstvennoy migratsionnoy politiki
Zampred Sovbeza RF D. Medvedev provel zasedanie Mejvedomstvennoy komissii Soveta Bezopasnosti RF po voprosam sovershenstvovaniya gosudarstvennoy migratsionnoy politiki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.05.2022
Obuna bo‘lish
Bir tomondan bizga qarshi aqldan ozgan sanksiyalar qo‘llanilmoqda, ikkinchi tomondan esa - bizdan oziq-ovqat yetkazib berishni talab qilishmoqda. Bu mantiqqa zid - Medvedev.
TOShKENT, 20-may – Sputnik. Rossiya o‘z ichki bozoriga zarar yetkazadigan bug‘doy va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilmaydi, dedi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

"Rossiya o‘z majburiyatlarini to‘liq bajarishga tayyor, lekin biz savdo hamkorlarimizdan ham birdamlikni kutmoqdamiz, jumladan, xalqaro platformalarda ham. Aks holda, bu mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi: bir tomondan bizga qarshi aqldan ozgan sanksiyalar qo‘llanilmoqda, ikkinchi tomondan esa - bizdan oziq-ovqat yetkazib berishni talab qilishmoqda. Biz ham axmoq emasmiz”, — deb yozdi Medvedev o‘z telegram-kanalida.

U Rossiya fuqarolari uchun oziq-ovqat "muqaddas masala" ekanligini qo‘shimcha qildi va o‘z bozoriga zarar etkazadigan eksport yetkazib berish kutilmasligini yana bir bor ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganidan so‘ng G‘arb davlatlari Moskvaga nisbatan rekord darajada sanksiyalar kiritdi. Cheklovchi choralar asosan bank sektori, yuqori texnologiyali mahsulotlar sohasiga qarshi kiritildi. Shu bilan birga, yetkazib berish zanjirlarining uzilishi tufayli Yevropa va AQShda don mahsulotlari narxining keskin oshishi sodir bo‘ldi. Mart oyida Chikagodagi birjada bug‘doy narxi deyarli 14-yil ichida maksimal darajaga ko‘tarildi va makkajo‘xori esa - so‘nggi 9-yil ichida qayd etilgan eng yuqori narxga ko‘tarildi.
Yangiliklar lentasi
0