https://oz.sputniknews.uz/20220517/aholi-gepatit-v-va-s-turlariga-skrining-tekshiruvdan-otkaziladi-24607799.html
Aholi gepatit “V” va “S” turlariga skrining tekshiruvdan o‘tkaziladi
Aholi gepatit “V” va “S” turlariga skrining tekshiruvdan o‘tkaziladi
Sputnik O‘zbekiston
1 iyuldan boshlab har yili respublika aholisi gepatit “V” va “S” turlariga skrining tekshiruvdan o‘tkaziladi. Qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlayotgan... 17.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-17T12:43+0500
2022-05-17T12:43+0500
2022-05-17T12:43+0500
jamiyat
gepatit
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/14/20560419_0:157:3083:1891_1920x0_80_0_0_59e82755a3e5c356d1a69199c65863db.jpg
TOShKENT, 17-may — Sputnik. 1-iyuldan boshlab har yili 1 million nafargacha aholi virusli gepatit “V” va “S” turlariga skrining tekshiruvlaridan o‘tkaziladi. Bu prezidentning 16-maydagi “Ayrim dolzarb virusli infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida nazarda tutilgan. 1-iyuldan boshlab har yili polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR) tekshiruvlari soni 15 ming nafargacha yetkaziladi. Shuningdek, virusli gepatit C turi bilan kasallangan bemorlar 10,5 ming nafargacha davolanadi.1 iyuldan nodavlat tibbiyot tashkilotlari qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlayotgan mutaxassislar gepatit B infeksiyasiga qarshi emlanadi. Tashkilot emlanish jarayonini ta’minlaydi.Emlanmagan xodimlar ularning asosiy ish joyi bo‘lgan tibbiyot tashkilotlari hisobidan emlanadi. 1-yanvardan mazkur talab tibbiy faoliyatni litsenziyalash talablari va shartlaridan biri hisoblanadi.Emlanganlik haqidagi ma’lumotlar Reyestr ishga tushgach kiritib boriladi.1 noyabrga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligi muassisligida “IT-Med” mas’uliyati cheklangan jamiyati jigar surunkali virusli kasalliklarining yagona elektron reyestrini ishlab chiqiadi.1 yanvarga qadar reyestrni yuritishni qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlaydigan xodimlarga ega bo‘lgan davolash-profilaktika muassasalari, sanitariya-epidemiologiya xizmati hamda mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha tibbiyot tashkilotlariga joriy qilinadi. Ularning o‘zaro integratsiyasi yo‘lga qo‘yiladi.Davolash-profilaktika muassasalari va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida yuqumli kasalliklarga, shu jumladan, surunkali virusli gepatitlarga tashxis qo‘yish va ularni davolash standartlari takomillashtiriladi hamda ularga rioya qilinishi ustidan nazorat kuchaytiriladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/09/14/20560419_175:0:2906:2048_1920x0_80_0_0_d1e02e3731fb74e89e957c7dbd1bcb62.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, gepatit
Aholi gepatit “V” va “S” turlariga skrining tekshiruvdan o‘tkaziladi
1 iyuldan boshlab har yili respublika aholisi gepatit “V” va “S” turlariga skrining tekshiruvdan o‘tkaziladi. Qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlayotgan mutaxassislar esa gepatit B infeksiyasiga qarshi emlanadi.
TOShKENT, 17-may — Sputnik. 1 iyuldan boshlab har yili 1 million nafargacha aholi virusli gepatit “V” va “S” turlariga skrining tekshiruvlaridan o‘tkaziladi. Bu prezidentning 16-maydagi “Ayrim dolzarb virusli infeksiyalar tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida
nazarda tutilgan. 1 iyuldan boshlab har yili polimeraza zanjir reaksiyasi (PZR) tekshiruvlari soni 15 ming nafargacha yetkaziladi. Shuningdek, virusli gepatit C turi bilan kasallangan bemorlar 10,5 ming nafargacha davolanadi.
1 sentabrdan esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasida nazarda tutilgan (fohishalik bilan shug‘ullanish) shaxslarga nisbatan javobgarlikni belgilash bilan birga gepatining “V” va “S” turlariga skrining tekshiruvlaridan o‘tkazish tartibi joriy etiladi. Tekshiruv ularning o‘z hisobidan amalga oshiriladi.
1 iyuldan nodavlat tibbiyot tashkilotlari qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlayotgan mutaxassislar gepatit B infeksiyasiga qarshi emlanadi. Tashkilot emlanish jarayonini ta’minlaydi.
Emlanmagan xodimlar ularning asosiy ish joyi bo‘lgan tibbiyot tashkilotlari hisobidan emlanadi. 1-yanvardan mazkur talab tibbiy faoliyatni litsenziyalash talablari va shartlaridan biri hisoblanadi.
Emlanganlik haqidagi ma’lumotlar Reyestr ishga tushgach kiritib boriladi.
1 noyabrga qadar Sog‘liqni saqlash vazirligi muassisligida “IT-Med” mas’uliyati cheklangan jamiyati jigar surunkali virusli kasalliklarining yagona elektron reyestrini ishlab chiqiadi.
1 yanvarga qadar reyestrni yuritishni qon va uning tarkibiy qismlari bilan ishlaydigan xodimlarga ega bo‘lgan davolash-profilaktika muassasalari, sanitariya-epidemiologiya xizmati hamda mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha tibbiyot tashkilotlariga joriy qilinadi. Ularning o‘zaro integratsiyasi yo‘lga qo‘yiladi.
Davolash-profilaktika muassasalari va nodavlat tibbiyot tashkilotlarida yuqumli kasalliklarga, shu jumladan, surunkali virusli gepatitlarga tashxis qo‘yish va ularni davolash standartlari takomillashtiriladi hamda ularga rioya qilinishi ustidan nazorat kuchaytiriladi.