https://oz.sputniknews.uz/20220516/renault-guruhining-rossiyadagi-aktivlari-davlat-mulkiga-aylanadi-24577492.html
Renault guruhining Rossiyadagi aktivlari davlat mulkiga aylanadi
Renault guruhining Rossiyadagi aktivlari davlat mulkiga aylanadi
Sputnik O‘zbekiston
Renault kelgusi 6-yil ichida AvtoVAZdagi o‘z ulushini qayta sotib olish huquqini saqlab qoladi. 16.05.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-05-16T11:07+0500
2022-05-16T11:07+0500
2022-05-16T11:07+0500
rossiya
iqtisod
avtomobil
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/10/24577606_0:109:3257:1941_1920x0_80_0_0_869ce29cc22e4fb4d88ec85f32027e1d.jpg
TOShKENT, 16-may - Sputnik. Renault guruhining Rossiyadagi aktivlari davlat va Moskva hukumati mulkiga aylanmoqda, deb xabar qildi Sanoat va savdo vazirligi o‘z Telegram-kanalida.Shunday qilib, aktivlardagi ulushlar quyidagicha taqsimlanadi:AvtoVAZ Rossiyada Renault avtomobillariga xizmat ko‘rsatishni amalga oshiradi, shuningdek, o‘z zavodlarida butun Lada rusumli assortimentini ishlab chiqarishni davom etadi.Sanoat va savdo vazirligi ma’lum qilishiga ko‘ra, Renault kelgusi 6-yil ichida AvtoVAZdagi o‘z ulushini qayta sotib olish huquqiga ega.Fransuz avtomobil ishlab chiqaruvchisi AvtoVAZga egalik qiluvchi "Rostex" bilan qo‘shma korxonaning deyarli 68% aksiyalariga egalik qilgan. Renault 23-mart kuni Rossiyada ishlab chiqarishni to‘xtatganini e’lon qilgan edi.AvtoVAZ ikki marka - Lada va Renault uchun to‘liq tsiklli avtomobillar va butlovchi qismlarni ishlab chiqaradi. Zavodlar Tolyatti va Ijevskda joylashgan. Bugungi kunda Lada brendi beshta modellar oilasidan iborat avtomobillar ishlab chiqarmoqda: Vesta, Xray, Largus, Granta va Niva.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/10/24577606_263:0:2994:2048_1920x0_80_0_0_bcbaa81eea468480fcdf558a6da07c5a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
rossiya, iqtisod, avtomobil
rossiya, iqtisod, avtomobil
Renault guruhining Rossiyadagi aktivlari davlat mulkiga aylanadi
Renault kelgusi 6-yil ichida AvtoVAZdagi o‘z ulushini qayta sotib olish huquqini saqlab qoladi.
TOShKENT, 16-may - Sputnik. Renault guruhining Rossiyadagi aktivlari davlat va Moskva hukumati mulkiga aylanmoqda, deb xabar qildi Sanoat va savdo vazirligi o‘z Telegram-kanalida.
“Imzolangan shartnomalar Renault Russia aksiyalarini Moskva shahri ixtiyoriga hamda Renaultga tegishli bo‘lgan AvtoVAZ aksiyalarini - Rossiya sanoat va savdo vazirligiga bo‘ysunuvchi FGUP NAMIga o‘tkazishni nazarda tutadi”, — deyiladi xabarda.
Shunday qilib, aktivlardagi ulushlar quyidagicha taqsimlanadi:
Renault Russia YoAJning 100% aksiyalari Moskva hukumatiga o‘tadi;
AvtoVAZ avtomobil konsernining 67,69% aksiyalari Rossiya Federatsiyasi mulkiga aylanadi (FGUP NAMI);
AvtoVAZning qolgan aksiyalari "Rostex" ixtiyorida qoladi.
AvtoVAZ Rossiyada Renault avtomobillariga xizmat ko‘rsatishni amalga oshiradi, shuningdek, o‘z zavodlarida butun Lada rusumli assortimentini ishlab chiqarishni davom etadi.
Sanoat va savdo vazirligi ma’lum qilishiga ko‘ra, Renault kelgusi 6-yil ichida AvtoVAZdagi o‘z ulushini qayta sotib olish huquqiga ega.
Fransuz avtomobil ishlab chiqaruvchisi AvtoVAZga egalik qiluvchi "Rostex" bilan qo‘shma korxonaning deyarli 68% aksiyalariga egalik qilgan. Renault 23-mart kuni Rossiyada ishlab chiqarishni to‘xtatganini e’lon qilgan edi.
AvtoVAZ ikki marka - Lada va Renault uchun to‘liq tsiklli avtomobillar va butlovchi qismlarni ishlab chiqaradi. Zavodlar Tolyatti va Ijevskda joylashgan. Bugungi kunda Lada brendi beshta modellar oilasidan iborat avtomobillar ishlab chiqarmoqda: Vesta, Xray, Largus, Granta va Niva.