O‘zLiDeP Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish jarayonini boshlash taklifi bilan chiqdi

© Foto: UzLiDePSostoyalos zasedanie fraksii UzLiDeP
Sostoyalos zasedanie fraksii UzLiDeP - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2022
Obuna bo‘lish
Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakat Konstitutsiyasiga kiritish taklif etilayotgan o‘zgartirishlarni sanab o‘tgan edi.
TOShKENT, 16-may — Sputnik. O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) deputatlari Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish jarayonini boshlash taklifi bilan chiqishdi. Taklif partiyaning Qonunchilik palatasidagi navbatdagi yig‘ilishida bildirildi.
Ta’kidlanishicha, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi doirasidagi maqsadlar ularni amalga oshirishga zarur huquqiy asosni ta’minlovchi konstitutsiyaviy makonni yanada takomillashtirish ehtiyojini kun tartibiga olib chiqmoqda.
“Shu sababli, bugun Qonunchilik palatasida O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida deputatlar Bosh qomusimiz – Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish jarayonini boshlash taklifi bilan chiqishdi”, - deyilgan xabarda.
Bu borada fraksiya a’zolari Konstitutsiyani bugungi real voqelikka moslashtirish, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi uchun yanada mustahqam huquqiy poydevor yaratish bo‘yicha o‘zlarining aniq pozitsiyalarini ma’lum qilishdi.
Konstitutsiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilgari surilayotgan tashabbus “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi bilan qo‘shma yig‘ilishda muhokamaga qo‘yiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 6-noyabr kuni ikkinchi muddatga prezident sifatida qasamod qabul qilgan Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida mamlakatda konstitutsiyaviy islohotlarni amalga oshirish xususida to‘xtalgan edi. Keyin davlat rahbari 8-dekabr kuni xalqqa Konstitutsiya qabul qilinganining 29-yilligi munosabati yo‘llagan tabrigida taklif etilayotgan o‘zgartirishlarni sanab o‘tgan edi.
Yangiliklar lentasi
0