Mendeleyev olimpiadasida O‘zbekiston 10ta medal sohibi bo‘ldi

© PIIMA56-aya Mejdunarodnaya Mendeyelevskaya olimpiada v Tashkente
56-aya Mejdunarodnaya Mendeyelevskaya olimpiada v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2022
Obuna bo‘lish
Mendeleyev xalqro olimpiadasida O‘zbekiston 10ta medal bilan jamoalar orasida ikkinchi o‘rinnni egalladi.
TOShKENT, 16-may - Sputnik. Toshkentda 15-may kuni yakunlangan Mendeleyev xalqro olimpiadasida (MMO) o‘zbekistonlik maktab o‘quvchilari 10ta medal sohibi bo‘lishdi. Bu haqida Prezident ta’lim muassasalari agentligi ma’lum qilmoqda.
© PIIMA56-aya Mejdunarodnaya Mendeyelevskaya olimpiada v Tashkente
56-aya Mejdunarodnaya Mendeyelevskaya olimpiada v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2022
56-aya Mejdunarodnaya Mendeyelevskaya olimpiada v Tashkente
Olimpiadaning taqdirlash marosimda Prezident ta’lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova so‘zga chiqib, Olimpiada ishtirokchilarini qutladi:

56-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi doirasida dunyoning 16 mamlakatidan iqtidorli yoshlar hamda kimyo ilmining eng buyuk namoyondalari Yurtimizga tashrif buyurganidan bag‘oyatda xursandmiz! – deydi Prezident ta’lim muassasalari agentligidirektori Hilola Umarova.

MMO-56 musobaqasida 16 mamlakatdan 100 ga yaqin maktab o‘quvchilari ishtirok etdilar. Ular 28 ta bronza, 18 ta kumush va 9 ta oltin medal uchun kurash olib borishdi.
Mendeleyev olimpiadasi Toshkent shahrida kunduzgi formatda o‘tkazildi va ikkita nazariy hamda bitta tajriba bosqichidan iborat bo‘ldi.
© PIIMA56-aya Mejdunarodnaya Mendeyelevskaya olimpiada v Tashkente
56-aya Mejdunarodnaya Mendeyelevskaya olimpiada v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2022
56-aya Mejdunarodnaya Mendeyelevskaya olimpiada v Tashkente
Umumjamoa hisobida yetakchi - 5ta oltin 4ta kumush va 1ta bronza olgan Rossiya terma jamoasi bo‘ldi.
O‘zbekiston terma jamoasi Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida jami 10 ta medalni qo‘lga kiritdi. Shundan 1tasi oltin, 4 tasi kumush va 5 tasi bronza medallaridir.
Moskva davlat universitetining Kimyo fakulteti dekani Stepan Kalmikov bu yilgi Olimpiada g‘oliblari orasida besh davlat vakillari borligini qayd etdi.
"Bu yil medal sohiblari orasida birdaniga beshta davlat vakili bor. Qolaversa, an’anaviy tarzda kuchli natija ko‘rsatayotgan jamoalar ham, oltin medal sohiblari orasida yangi kelganlar ham bor. Ayniqsa, O‘zbekiston terma jamoasini tabriklayman. Ayni paytda mamlakatda ta’lim sohasida katta islohotlar amalga oshirilmoqda va bu o‘z samarasini yaqqol ko‘rsatmoqda”, - dedi Kalmikov.
Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasining mutlaq g‘olibi sifatida moskvalik Ignatiy Tarabrin maktab o‘quvchilari e’tirof etildi. Ular 2 million rubl miqdoridagi akademik Valeriy Lunin mukofotiga sazovor bo‘ldilar.
Medallar bo‘yicha yetakchi jamoalar:
1.
Rossiya - 5ta oltin, 4ta kumush, 1ta bronza;
2.
O‘zbekiston - 1ta oltin, 4ta kumush, 5ta bronza;
3.
Belarus - 1ta oltin, 3ta kumush;
4.
Turkiya - 1ta oltin, 1ta kumush, 2ta bronza;
5.
Isrolil - 1ta oltin, 3ta bronza;
6.
Qozog‘iston - 3ta kumush, 5ta bronza;
7.
Ozarbayjon - 1ta kumush, 2ta bronza;
8.
Armaniston - 1ta kumush, 1ta bronza;
9.
Vengriya - 1ta kumush; 2ta bronza;
10.
Avstriya, Suriya - 2tadan bronza;
11.
Saudiya Arabistoni, Qirg‘iziston, Xorvatiya - 1tadan bronza.
© PIIMA56-aya Mejdunarodnaya Mendeyelevskaya olimpiada v Tashkente
56-aya Mejdunarodnaya Mendeyelevskaya olimpiada v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.05.2022
56-aya Mejdunarodnaya Mendeyelevskaya olimpiada v Tashkente
O‘zbekistonlik medallar sohiblari:
1️) Jamolov Azimjon Ravshan o‘g‘li - oltin medal. Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi);
2️) Badalova Maftuna Lutfullo qizi - kumush medal. Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi;
3️) Boymahamadov Ikromiddin Axmadjon o‘g‘li - kumush medal. Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi;
4) Gafarov Emirali Aliyevich - kumush medal. Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi;

5) Mahmudov Abdulloh Alisher o‘g‘li - kumush medal. Toshkent shahridagi 81-IDUM o‘quvchisi.
6️) Hakimova Shahzoda Bahriddin qizi - bronza medal. Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi;
7️) Nazarov Azizbek Farrux o‘g‘li - bronza medal. Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi o‘quvchisi;
8️) Shaymatov Sherzod Shaxobiddin o‘g‘li - bronza medal. Navoiy shahridagi 11-AFChO‘IM o‘quvchisi;
9) Meliqo‘ziyev Ozodbek Erkinjon o‘g‘li - bronza medal. Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidagi 2-IDUMI o‘quvchisi;
10) Ergashev Murodbek Anvarovich- bronza medal. Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi 68-DMI o‘quvchisi.
Yangiliklar lentasi
0